O‘zbekiston
Anomal sovuq kunlarda barcha tibbiyot muassasalarining uzluksiz va barqaror ishlashi ta’minlanadi
Xabar qilganimizdek, 10-yanvardan 15-yanvarga qadar yurtimizda anomal sovuq harorat kutilmoqda. Bunday ob-havo sharoitida tibbiyot muassasalarining barqaror va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar ko‘rildi:
1. Tizimga qarashli davolash muassasalari uchun 436 ta qo‘shimcha dizel generatori xarid qilinib, joylarga yuborilmoqda.
2. 155 ta oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalar hamda mahalla tibbiyot punktlariga 260 kVt. quvvatga ega quyosh panellari, 10 300 litr hajmli quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi.
3. 375 ta mahalla tibbiyot punkti, 50 ta oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalar uchun 2 352 kVt quvvatga ega quyosh panellari harid qilindi.
4. Texnik sabablarga ko‘ra, biror tibbiyot muassasasida generator ishlamay qolsa, zudlik bilan muammoni bartaraf etish maqsadida barcha viloyatlarda kunu-tun xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi generatorlar tashkil qilindi.
10-yanvardan 15-yanvarga qadar tibbiyot muassasalari qay tartibda faoliyat ko‘rsatadi?
72 000 nafardan ziyod shifokor va hamshiralardan iborat tibbiy brigadalar tomonidan, birinchi navbatda, homilador ayollar, bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydigan xonadonlardan xabar olish, o‘z navbatida, “onlayn patronaj” xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Ambulator-poliklinika tizimidagi 19 500 dan ziyod kunduzgi shifoxona o‘rinlarida uydan ajralmagan holda davolanish imkoniyati yaratiladi.
1 257 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika, 1 080 ta oilaviy shifokor punkti hamda 1 002 ta mahalla tibbiyot punkti aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Respublika, viloyat, tuman va shahar shifoxonalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari odatdagi tartibda ishlaydi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.
Yurtimiz bo‘yicha 2 755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu-tun xizmat ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.
Respublika Call-markazi – 1003 (qisqa raqami) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu-kunduz javob olishingiz mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi