O‘zbekiston
Dauletmurat Tajimuratov qonuniy miting o‘tkazish bo‘yicha ruxsat olganmidi?
Ayni kunlarda Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yilning 1- va 2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.
Aniqlanishicha, Dauletmurat Tajimuratov Konstitutsiyaga kiritilayotgan tegishli o‘zgartirishlar bo‘yicha norozilik mitingini o‘tkazish bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kengesiga rasman murojaat qilgan. Uning murojaatiga asosan miting 5-iyul kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan.
Sud majlisida guvoh va ayblanuvchilarning ko‘rsatmalari va namoyishlar bo‘lib o‘tgan kunlarda tasvirga olingan videomateriallar tahlil qilinmoqda. Xususan, ommani tinchlantirish maqsadida ishlatilgan qurollar va ularning ta’sir kuchi hamda qurollarni qo‘llashdan oldin ommaning ogohlantirilganiga oid holatlar ham o‘rganilmoqda.
Nukus voqelari bo‘yicha sudda prokuror D. Tajimuratovga 18 yil, L. Kallixanovaga 11 yil, sportchi A.Turdanovga 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini so‘radi
Axmet Smetullayevni 8 yilga, Dao‘letmurat Jiyemuratovni — 9 yilga, Baxtiyor Qadirbergenovni — 8 yilga, Bayram Seytniyazovni — 7 yilga, Allabay Tokimbetovni — 9 yilga, Qaharman Seytimovni — 6 yilga ozodlikdan mahrum etish so‘ralgan.
Azamat Nuratdinovga davlat ayblovchisi 7 yil, Saidabulla Medetovga — 7 yil, Nurlan Nayipovga — 7 yil, Po‘lat Shamshetovga — 7 yil, Razbek Bekmuratovga — 8 yil, Sultanbek Kaipovga — 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini suddan so‘ragan.
Po‘lat Nurniyazovni ayblov tomoni 6 yilga, Sayipnazar Kalimovni — 7 yilga, Nurlan Sultamuratovni — 5 yilga, Arislan Temirxanovni — 7 yilga va Amirbek Adilbekovni — 7 yilga ozodlikdan mahrum etish so‘ralgan.
Salamat Kalilayev va Berdax Genjebayevga ayblov tomoni 3 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishini so‘ragan.
Sud majlisida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya a’zolari ishtirok etishmoqda. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jarayonlar belgilangan talablarga muvofiq olib borilmoqda.
E’tiborli jihati, mazkur sud jarayonlarini “Amerika ovozi” muxbiri Navbahor Imomova ham kuzatib bormoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi