Salomatlik
Nima sababdan ba’zan o‘ng qo‘l jimjilog‘i qotib qoladi?
O‘ng qo‘lning eng kichik barmog‘i — jimjiloq qotib qolganda, yurak-qon tomir tizimining faoliyatiga e’tibor berishimiz kerak. Balki shu orqali tanamiz biz uchun xavfli bo‘lgan xastalik haqida darak bermoqchidir.
Nima uchun o‘ng qo‘l jimjilog‘i “uxlab qoladi”?
Kichik barmoqlarning uyquchanligi eng ko‘p ularda joylashgan nerv tugunlariga zarar yetkazadi.
Paresteziya yoki tomirlar va nervlarga bosim quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga keladi:
– zarba oqibatida gemodinamikaning buzilishi, uzoq vaqt harakatsizlik, uyqu paytidagi tananing noqulay holati;
– asab yoki yurak-qon tomir tizimlari faoliyatining me’yorda ishlamasligi;
– vitaminlarning yetishmasligi;
– metabolik jarayonlarning nomutanosibligi;
– infeksiyalar, immunitet kasalliklari;
– aterosklerotik blyashkalar;
– o‘tkazib yuborilgan jarohatlar.
Chuqur labaratoriya tahlillaridan so‘ng, o‘ng qo‘ldagi kichik barmoq nima uchun uyquchanligi haqidagi savolga faqat shifokor javob berishi mumkin. Agar shunday holat sizda kuzatilsa,e‘tiborsiz qoldirmasligingiz kerak, chunki bunday uyquchanlik saraton o‘smasi belgisi bo‘lishi ham mumkin.
O‘ng qo‘l jimjilog‘i qotib qolishi: simptomlar
Barmoqlarda uyquchanlik terida mayda nuqtalar “tovuqbadan” kuzatilishi, haroratning keskin o‘zgarishiga moyillik, teri sezgirligining yo‘qotish bilan birga kechadi.
Agar o‘ng qo‘ldagi kichkina barmoq qotib qolgan bo‘lsa, nima sababdan tananing bunday reaksiyasi paydo bo‘layotganini aniqlashingiz kerak. Barmoqlar “uxlab qolishi”ning sababi yurak-qon tomir tizimining kasalligi bo‘lsa, kardiolog tashxis qo‘yadi va davo choralarini ko‘radi.
Bosh aylanishi, ong ravshanligini yo‘qotish, kichik barmoqning uyquchanligi bilan birga keladigan kuchli bosh og‘rig‘i kabi alomatlar insult xavfini ko‘rsatadi.
Jimjiloqlarning uyquchanligi ko‘pincha kompyuterda o‘tirish, avtomashina haydash kabi uzoq statik pozitsiyani sababli ham kelib chiqadi. Bo‘shashtiruvchi mashqlar bajaring, faol harakatda bo‘lishga harakat qiling va sizda og‘riq yo‘qoladi.
Agar uyquchanlik sababi osteoxondroz bo‘lsa, siz jismoniy faollikni oshirishingiz, massaj olishingiz va terapevtik mashqlarni bajarishingiz kerak.
Jimjiloq barmoqning qotib qolish sabablaridan biri — tirsak nervining siqilib qolishidir.
Bunda orqa miyaga impulslarning uzatilishi buziladi, bu esa sezgirlikning yo‘qolishiga olib keladi. Nevralgiya bilan bog‘liq muammolarda shifokorlar taomnomani qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qiladilar (bu P, B vitaminlari, omega kislotalar, minerallarni o‘z ichiga oladi) va spirtli ichimliklar va chekishni to‘xtatishni talab qiladi. Vitaminlarga boy ratsion asab tizimini dam olishga va uning faoliyatini muvozanatlashga yordam beradi.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi