Islom
“Trastbank” islom shariatlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyasini ochdi
Joriy yilning 10-yanvar kuni Toshkent shahrida «Trastbank» xususiy aksiyadorlik tijorat banki sho‘ba lizing kompaniyasi – «Trast Muamalat» mas’uliyati cheklangan jamiyatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Trast Muamalat» MChJ ning asosiy vazifasi amaldagi qonunchilik doirasida samarali “Murabaha (Nasiya savdo)” va “Ijara (Lizing)” operatsiyalarini amalga oshirish orqali moliyaviy xizmatlarni kengaytirish strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, xalqaro islom moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
«Trastbank» ning Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi bilan uzoq muddatli muvaffaqiyatli hamkorligi «Trast Muamalat» MChJ ga ITB korporatsiyalarining moliyalashtirish liniyalarini jalb qilish imkonini beradi. Qolaversa, rivojlanishning ushbu bosqichi kompaniyaga jismoniy shaxslar, kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish, ularning faoliyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga turtki bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, bankning 30 nafar xodimlariga islomiy moliyalashtirish xizmatlarini joriy etish bo‘yicha Islom taraqqiyot banki ta’lim muassasasining maxsus sertifikatlari topshirildi.
“Murabaha (Nasiya savdo)” O‘zbekiston uchun o‘ziga xos hodisa bo‘lib, yurtimizda ilk marta banklar orasida «Trastbank» tomonidan amaliyotga joriy qilinayotgani quvonarli holat.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi