Buxoro yangiliklari
Buxoroda ertadan boshlab 16-yanvargacha “Afrosiyob” poyezdlari yurmaydi. Sotib olingan chiptalar nima bo‘ladi?
Joriy yilning 13-, 14-, 15-yanvar kunlari 766/765-sonli “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlari qatnovlari bekor qilinadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar bermoqda.
Buning asosiy sababi esa mamlakatimiz bo‘ylab kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo sharoitida yo‘lovchi poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazish davomida noqulayliklar kelib chiqishini oldini olishdir.
Xarid qilingan chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni https://chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin. Chipta 100% qiymatda qaytariladi.
Shuningdek, harakatdagi muqobil yo‘lovchi poyezdlaridan ham foydalanishingiz mumkin:
12-sonli “Toshkent – Buxoro” (“Sharq” poyezdi);
56-sonli “Toshkent – Buxoro – Xiva”;
58-sonli “Toshkent – Buxoro – Shovot”;
72-sonli “Toshkent – Buxoro – Olot”;
125-sonli “Andijon – Toshkent – Buxoro – Xiva”.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi