O‘zbekiston
O‘zbekistondan boshqa davlatlarga harakatlanuvchi avtobuslar qatnovi to‘liq to‘xtatildi
Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar bermoqda.
Shu kunlarda qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida kuzatilayotgan kuchli sovuq tufayli yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lib, avtotransport vositalarida texnik nosozliklar kelib chiqishi natijasida yo‘lovchilar qiyin vaziyatlarga tushib qolish holatlari kuzatilmoqda.
Xususan, joriy yilning 12-yanvar kuni Qozog‘istondagi «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 819-kilometrida «Krasnodar-Sariog‘och» xalqaro yo‘nalishida harakatlangan, ichida O‘zbekistonning 31 nafar fuqarosi bo‘lgan avtobus to‘xtab qoldi.
Avtotransport vositasi yo‘lda qolib ketishiga kuchli sovuq tufayli dizel yonilg‘isi muzlab qolgani sabab bo‘lgan. Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be oblasti Xromtau rayoni qutqaruvchilari yo‘lovchilarni Xromtau shahridagi “Sherxon” kempingiga joylashtirishgan. Jabrlanganlar yo‘q, yo‘lovchilarning issiqlik ta’minoti nazoratga olingan.
Noqulay ob-havo sharoitini inobatga olib, yo‘lovchi tashuvlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasidan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari joriy yil 13-yanvardan vaqtinchalik to‘xtatildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi