Salomatlik

Qo‘l-oyoqlaringiz har doim muzdekmi? Ularni issiq tutish yo‘llari bor

photo 1095

Loading

Doimiy muzdek qo‘l-oyoqlar jiddiy xastalik alomati bo‘lishi mumkin. Shifokor qabulida bo‘lish ayni vaqti ekanini qayd etish bilan birga uy sharoitida qanday qilib ularni issiq tutish yo‘llarini aytamiz.

Tashqarida qanday ob-havo bo‘lishidan qat’i nazar, qo‘l va oyoqlaringiz hamisha muzdekmi? Yoz paytida ular ko‘p g‘amxo‘rlik talab qilmagani bilan havo sovushi bilan qo‘l va oyoq barmoqlari issiqqa ehtiyoj sezadi.

Nima uchun qo‘l va oyoqlar sovuq qotadi?
Tanamiz birinchi navbatda qaysi organlarni saqlash lozimligini yaxshi biladi, shuning uchun qon va kislorod bilan ta’minlashda ustuvorlik miya va yurakka beriladi, oyoq-qo‘llarning oziqlanishi “qoldiq tamoyili”ga amal qiladi. Qo‘l-oyoqlaringiz sovuq qotsa, bu hozirgi vaqtda tana butun quvvatini yurakning ish qobiliyatini yaxshilashga qaratganini ko‘rsatadi.

Qanday qilib issiq tutish kerak?
Yurak uchun foydali taomlarni iste’mol qiling. Muammoni hal qilishning eng yaxshi usuli — bu uning manbasi bilan kurashishdir. Bu holda, qon aylanishiga va yurakni oziqlantirishga kirishing. Buning uchun yurak uchun foydali taomlarni tez-tez iste’mol qiling: yog‘li baliq, yong‘oq, zaytun moyi, meva va sabzavotlar, qizil ikra, banan, qora shokolad, Bryussel karami kabi.

Ziravorlar iste’molini ko‘paytiring
Kurkuma, zanjabil, qalampir va boshqa ziravorlar tana haroratini oshiradi, qon aylanishini yaxshilaydi — bizni qo‘lqop yoki paypoq kabi issiq tutadi.

Suyuqliklarni qaynoq holda iching
Sovqotgan bo‘lmasangiz ham, bir piyola issiq choy, qahva yoki zanjabil choyi tana haroratini oshirishga yordam beradi, shuningdek, issiqlikni bir tekis taqsimlaydi. Bundan tashqari, bir finjon issiq choyni ushlab turib ham, qo‘shimcha ravishda qo‘llarni isitamiz va qon aylanishini yaxshilaymiz.

Sport bilan shug‘ullaning
Muntazam jismoniy mashqlar nafaqat qon harakatini faollashtiradi, shu bilan birga qon aylanishining umumiy yaxshilanishiga ham hissa qo‘shadi. Muzdek qo‘l va oyoqlar odatiy muammoyingiz bo‘lsa, jismoniy tarbiya bilan jiddiy shug‘ullanishning allaqachon vaqti keldi.

Shifokorga qachon ko‘rinish kerak?
Ayrim hollarda qo‘l-oyoqlarning doimiy sovqotishi xavfli xastaliklar rivojlanishining alomati bo‘lishi mumkin: masalan, qizil yugurik kasalligi, skleroderma, periferik arterial kasalliklar va qalqonsimon bez kasalliklari. Agar qo‘l-oyoqlarning sovqotishi bilan birga tez-tez charchoq, soch to‘kilishi, ich qotishi, oyoq-qo‘llarning shishishi, sochlarning mo‘rtlashishi yoki aksincha, qalinlashishi kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilishingiz kerak.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.