Salomatlik

Nima uchun qishda sochiq ishlatmaslik yuz terisi uchun foydali? Dermatolog javob beradi

photo 1106

Loading

Qishda inson terisi ko‘proq quriydi, ko‘chib tushadi, ba’zida hatto qichishish va og‘riq ham kuzatiladi. Teri qurib ketishining oldini olish uchun mutaxassislar dushdan keyin sochiqdan foydalanmaslikni maslahat beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, sochiqdan foydalanish suvli muolajalarni bajarishdagi majburiy bosqich emas. Albatta, tezroq qurinish, kiyinish va ishni davom ettirish odati mavjud. Biroq bu yondashuv teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ayniqsa, qishda.

Tashqari sovuq, uyda isituvchi qurilmalar ishlayotgan vaqtda teri himoyasiz holatda bo‘ladi. Shuning uchun qishda teri uchun mo‘ljallangan kremlardan ko‘proq foydalanish kerak, ular namlantiruvchi ta’sirga ega.

Dush qabul qilgandan so‘ng darhol teriga oziqlantiruvchi va namlantiruvchi mahsulotlar qo‘llanishi kerak. Shuning uchun dermatologlar sochiqdan foydalanishni maslahat bermaydi. Kremni nam teriga qo‘llash namlikni ko‘proq ushlab turishga yordam beradi va quruqlik hamda teri ko‘chishini kamaytiradi.

Albatta, kremni nam teriga qo‘llash, keyin uning qurishini kutish lozim. Shunga qaramay, bu usulni kamida bir marta sinab ko‘rish tavsiya etiladi.

Agar qishda sochiqlardan butunlay voz kechishga tayyor bo‘lmasangiz, bu jarayonni haftasiga kamida 1-2 marta bajarishga harakat qilish lozim. Qolgan vaqtda esa, dushdan keyin terini shikastlamaslik uchun keskin harakatlardan saqlanish kerak. Tanani sochiq bilan muloyimlik bilan artib olish, keyin kremni qo‘llashni unutmang!

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.