Texnologiyalar
Xitoyda 1,5 million so‘mlik iPhone 14 Pro nusxasidagi smartfon sotuvga chiqarildi
Mazkur smartfon Xitoyda atigi 899 yuan (1 500 000 million so‘m) ga sotilmoqda.
Xitoyning elektronika ishlab chiqaruvchi LeTV kompaniyasi iPhone 14 Pro ga arzon muqobil sifatida yaratilayotgan LeTV S1 Pro smartfoni (Android) ni taqdim etdi. Aynan “Apple” kompaniyasining shu flagmani loyiha dizaynerlarini ilhomlantirgan. Uni “iPhone 14 Pro ning kloni” deyish mumkin.
Qurilmalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni smartfonning tekis va yorqin uchlarida, orqa tarafdagi kvadrat kameralar blokida va dinamik orolcha (“Dynamic Island”) deya nom olgan kesilgan ekranda ham kuzatish mumkin.
Tarqalgan suratlarga ko‘ra, displeydagi teshik turli xil dasturiy interfeyslar, masalan, musiqa pleyeri va mini garnituralarni ulash haqidagi bildirishnoma bilan o‘ynaladi. Selfi kameraning o‘zi esa 5 megapiksel o‘lchamga ega. 13 megapikselli faqat bitta asosiy fotomodul mavjud, qolgan ikkita ko‘z esa oddiy o‘xshashlikni ta’minlab turuvchi shakllar xolos. Uning ekrani IPS-matritsali 6,5 dyuym bo‘lib, o‘lchami 1600×720 pikselni tashkil etadi.
LeTV S1 Pro 5G, 8 Gb tezkor (operativ) va 128 GB ichki (doimiy) xotiraga ega 8 yadroli “Unisoc Tiger T7510” chipi bilan ishlaydi. Batareyaning sig‘imi 5 000 mA/s va USB Type-C orqali 10 Vt quvvatga ega.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi