Islom
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Sizlardan biringiz qachon uxlasa, shayton uning boshi orqasiga 3 ta tugun tugadi
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan biringiz qachon uxlasa, shayton uning boshi orqasiga 3 ta tugun tugadi. Har bir tugunni bog‘lab: “Seni ustingda uzun kecha bor, uxlay qolgin!” deydi. Agar u uyg‘onib, Allohni zikr qilsa, bir tugun yechiladi. Agar tahorat qilsa, yana bir tugun yechiladi. Agar namoz o‘qisa, tugunlari yechilib, faol, ruhi pok bo‘lib o‘yg‘onadi. Agar undoq qilmasa, ruhi chirkin, o‘zi dangasa bo‘lib o‘rnidan turadi”, dedilar.
Sharh: Nabiy sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni shayton va havoi-nafsga kurashishni ta’lim berib, kechasidagi tahajjud namoziga targ‘ib qilmoqdalar. Va yana kechasi uxlab qolib, farz namozlarini o‘zini ado etib, kechasidagi nafl namozdan yuz o‘girganlarni yomonlamoqdalar. U kishi tahajjudni tark qilish bilan shayton qo‘lidagi o‘yinchoq bo‘lib qolishi va shayton, uxlagan kishi ustidan hukmron bo‘lishi, boshini orqa tomonidan joy egallab uch tugun tugib qo‘yishi va o‘sha tugunlarga urib: “Hali kecha uzundir, biroz yota qolgin”, deydi. Endi kimni qasdi kuchli va iymoni komil bo‘lsa uyqusidan turib Allohni zikr qilsa bir tugun yechiladi. Agar tahorat qilsa ikkinchi tugun yechiladi. Agar turib namoz o‘qisa uchinchi tugun yechiladi. Ana endi shayton urgan narsadan pok bo‘lib, yengil harakatli, kelajak kunda bajaradigan barcha amallarida faol bo‘ladi. Bordiyu nafsiga g‘olib kela olmasdan uxlab qolsa shayton uni to quyosh chiqquncha qulog‘iga urib qo‘yadi. U kishi kechasi turmagan va Allohni farzini ado etmaganlar qatorida bo‘lib, ruhi chirkin, g‘amgin, qalbi siqilgan, asablari buzilgan holda turadi. U kishi uchun na namoz va na boshqa ibodatlar yengil bo‘lmaydi. Barcha insonlarning Parvardigoridan, barcha insonlarning Podshohidan, barcha insonlarning Ilohidan (menga) o‘zi jin va insonlardan bo‘lgan, insonlarning dillariga vasvasa soladigan, (qachon Allohning nomi zikr qilinganida) yashirinib oladigan vasvasachi (shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilamiz!
Foydalanilgan adabiyot: “Manhalul hadis fiy sharhil hadis” kitobidan.
Manba: Buxoro viloyati Mir Arab oliy madrasasi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi