O‘zbekiston

NASA Marsga 45 kunda borish imkoni yaratish ustida ishlamoqda

photo 1154

Loading

Mavjud texnologiyalar yordamida Marsga parvoz qizil sayyoraning Yerga maksimal yaqinlashganida 26 oy davom etadi. Olim Rayan Gossening ta’kidlashicha esa, ikki rejimli yadroviy dvigatel atigi 45 kun ichida odamlarni yoki tonnalab yuklarni Marsga olib borishi mumkin. U mazkur texnologiyani ishlab chiqish va dvigatelni yasash uchun NASA dan $12 500 miqdorida grant oldi.

“– Sayohat vaqtini taxminan 45 kungacha qisqartirish, Marsga yetish uchun yillar emas, balki oylar ketishini anglatadi. Agar texnologiya rejalashtirilganidek ishlasa, u Marsga sayohat vaqtini keskin qisqartirishi va qizil sayyora missiyalarini odamlar uchun xavfsizroq qilishi mumkin”, – deya ta’kidlamoqda muhandislar.

Ma’lum bo‘lishicha, NASA uzoq vaqtdan beri kosmik kemalar uchun yadroviy dvigatellarni ishlatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq NASA olimlarining Marsda tirik organizmlarni aniqlashga urinishlar ham samarasiz bo‘lgandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.