O‘zbekiston
Hojiboy Tojiboyev o‘ldirib ketilganmi? Uning qizi bu haqida ochiqchasiga gapirdi – video
Mashhur so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning kenja qizi Madina Tojiboyeva YouTube dagi “Yashin TV” kanaliga otasi qanday vafot etganligi haqida ochiqladi. U bu haqidagi savollar va noto‘g‘ri fikrlardan “to‘yib ketganligi” ni yashirmadi.
“– Qaysi yuz bilan, meni oldimga botinib kelib, otangiz nima sababdan oʻlgan, eshitishim bo‘yicha otangizni o‘ldirib ketishgan ekan shu xabarlar rostmi deb so‘raysizlar. Agar otamni kimdir o‘ldirgan bo‘lganida, qasddan nimadir bo‘lganida, biz nima qilib yuribmiz O‘zbekistonda? Bizni ham yo‘q qilishlari kerak edi-ku, unda. Otam jigar serrozidan vafot etganlar. 2008-yilning har bir kuni esimda. Otam hatto yurolmaydigan holatga tushib qolgan, ertalabgacha onam otamni oyoqlarini bosib chiqardilar, men eshitib turardim, qanday og‘riqdan azob chekayotganliklarini. Uydan ohirgi martda shifoxonaga chiqib ketayotgan paytlari oxirgi so‘zlari “Oyingni xafa qilmanglar, xo‘pmi? Men ertaga qaytib kelaman oyingdan so‘rab olaman” degan edilar”, – degan Madina Tojiboyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hojiboy Tojiboyevning boshqa qizi, xonanda Intizor Tojiboyeva turmushga chiqayotgani haqida xabar bergan edik.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi