O‘zbekiston
Buxoroda O‘zbekiston — Turkmaniston chegarasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi
Kecha, 23-yanvar kuni Buxoro shahrida O‘zbekiston – Turkmaniston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya ishchi guruhlarining yig‘ilishi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi xabar qilimoqda.
Olingan ma’lumotiga ko‘ra, 16-yanvardan 21-yanvarga qadar tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning qo‘shma majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilgan. Jumladan, davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi va kelishib olindi.
Yig‘ilishda shuningdek, ishchi guruhlarning 2023-yilga mo‘ljallangan yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadigan sanalar kelishib olindi.
Muzokaralar yakunida hukumatlararo komissiya ishchi guruhlari tomonidan protokol imzolandi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi