Salomatlik
Yuzdagi husnbuzarlardan xalos bo‘lishga yordam beradigan oddiy maslahatlar
Husnbuzarlar eng keng tarqalgan teri muammolaridan biridir. Odatda bu nafaqat o‘smirlarga, balki katta yoshdagi insonlarga ham tegishlidir. Gormonal o‘zgarishlar, stress, noto‘g‘ri ovqatlanish, chekish va boshqa ko‘plab omillar terining holatini sezilarli darajada yomonlashtirishi mumkin. Quyida yuz terisidan husnbuzarlarni bartaraf etish uchun foydali layfxaklar bilan bo‘lishamiz.
Telefonni tozalash
Inson kuniga bir necha marta qo‘llarini yuvadi, lekin telefon deyarli tozalanmaydi, garchi buni har kuni amalga oshirish kerak bo‘lsa ham unutib qo‘yadi. Agar telefonda uzoq vaqt gaplashilsa, u yonoqqa mahkam bosilsa, bu yuz terisi to‘qimalarida o‘zgarishlarga olib keladi. Teri teshiklari tiqilib qoladi, o‘lik hujayralar va yog‘ bezlarini to‘sib qo‘yadi va bakteriyalar ichkariga kiradi. Natijada patogen bakteriyalar ko‘paya boshlaydi, shuning uchun yallig‘lanish, ya’ni husbuzarlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham smartfonni iloji boricha tez-tez antibakterial vosita bilan artib olish zarur.
Makiyaj cho‘tkalarini yuvish
Muntazam fydalaniladigan makiyaj cho‘tkalari vaqt o‘tishi bilan bakteriyalar uchun ajoyib muhitga aylanadi, chang va kosmetika qoldiqlari ularning ustiga joylashadi. Bu teri infeksiyasi xavfini keltirib chiqaradi, shuning uchun yonoqlarda to‘satdan toshma paydo bo‘lsa, buning sababi tozalanmagan cho‘tkalar tufayli bo‘lishi mumkin. Makiyaj cho‘tkalarini haftada bir marta, tonal krem gubkasini esa har foydalanishdan keyin yuvish lozim.
Sochiq o‘rniga qog‘oz salfetkalardan foydalanish
Odatda yuz momiq sochiq bilan artiladi, ammo ularda vaqt o‘tishi bilan bakteriyalar massasi to‘planadi. Suv, ter tomchilari, teri sekretsiyasi va boshqalar sochiqlarni saqlanib qoladi va har safar ular bilan yuz artilganda bakteriyalar yana teriga tushadi. Kosmetologlar oddiy sochiqni bir marta ishlatiladigan qog‘oz salfetkalarga almashtirishni va yuvishdan keyin yuzni artishni maslahat beradi. Bu ham qulay, ham gigiyena uchun foydali.
Yostiq jildini tez-tez almashtirish
Soch yuvilgandan keyin yostiq jildini har uch kunda almashtirish tavsiya etiladi. Bu orqali har kecha yostiqda yomon bakteriyalar to‘planishi ehtimoli kamayadi.
Kamroq shirinlik iste’mol qilish
Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi odamlarda husnbuzarni kamaytirish uchun shakar yoki sut mahsulotlaridan voz kechish kifoya. Bundan tashqari, ratsionda ko‘p miqdorda shakarning bo‘lishi qarish jarayonini tezlashtiradi va hujayralarga zarar yetkazadi. Terining qattiqligi va elastikligini saqlab qolish uchun shakar va u mavjud bo‘lgan mahsulotlar iste’molini kamaytirish kerak.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi