Salomatlik

Soch to‘kilishining asosiy sabablari: qachon mutaxassisga murojaat qilish kerak?

photo 1171

Loading

Sochingiz sezilarli darajada ko‘p to‘kilishining sababini bilish juda muhim hisoblanadi. Ba’zida bu jarayon noto‘g‘ri tanlangan kosmetika yoki bo‘yoq bilan bog‘liq bo‘lmaydi. O‘zingizni oddiy sinovdan o‘tkazib ko‘ring. Agar to‘kilgan soch tolalarining oxirida oq tuguncha bo‘lmasa vahimaga tushmang. Oq tugunchalar bo‘lsa bir necha kun sochingizni yuvmang, keyin sochlaringizni tepa va chakka qismidan tortib ko‘ring. Qo‘lingizga 5 tadan ortiq soch tolalari tushsa, mutaxassis shifokor (trixolog) ga murojaat qilish kerak.

Naslga bog‘liq bo‘lishi mumkin
Bu jarayon genlarga ham bog‘liq bo‘ladi: agar ota-onalardan biri bunday muammoga duch kelgan bo‘lsa, unda bu xavfli bo‘lishi mumkin. Yaqinda olimlar genetik moyillik nafaqat ota tomondan, balki ona tomondan ham o‘tishi mumkinligini aniqladi. Har qanday holatda ham, kuniga 100 dan ortiq soch tolalari to‘kilsa, bu holatga e’tibor qaratish kerak.

Gormonal o‘zgarishlar
Soch to‘kilishi muammosi faqat homilador va yaqinda farzand dunyoga keltirgan ayollarga tegishli emas. Bu jarayon kontratseptiv vositalarni qabul qilishda ham yuzaga keladi. Agar gormonal kontraseptivlarni qabul qilish paytida sochlaringiz juda ko‘p to‘kilganini sezsangiz, shifokor bilan maslahatlashing, bu tabletkalar sizga mos kelmaganidan ham bo‘lishi mumkin.

Detoks-diyetalari va to‘yib ovqatlanmaslik
Agar detoks-diyetaga o‘tmoqchi bo‘lsangiz, unda siz nafaqat go‘zal qomatga, balki zaif hamda siyrak sochlarga ham ega bo‘lasiz. Organizm resurslarni qayta taqsimlaydi va sochlar muhim bo‘lmagan qismga aylanadi.

Uzoq muddatli stress
Agar tanbeh eshitsangiz, do‘stingiz bilan janjallashib qolsangiz yoki shunchaki kuningiz yomon o‘tgan bo‘lsa, unda bu soch to‘kilishini keltirib chiqarmaydi. Biroq uzoq vaqt davomida stress ostida bo‘lsangiz, bu soch va bosh terisi holatiga osongina ta’sir qilishi mumkin.

Salomatlik
Ayrim hollarda soch to‘kilishini sezsak ham bunga bee’tibor bo‘lamiz — ko‘plab insonlar bunga yomon ekologiya, stress, yetarlicha ovqatlanmaslik sabab bo‘lishi mumkin deb o‘ylaydi. Buning sabablari ko‘p. Shuningdek, yanada jiddiyroq kasalliklar: qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar (eng keng tarqalgan), qandli diabet, yurak kasalligi, yuqori qon bosimi ham soch to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Agar shunday bo‘lsa, asosiysi vahima qilmasdan shifokorga borib, to‘g‘ri tashxisni bilish kerak.

Ko‘p hollarda mavsumiy soch to‘kilishi deb ataladigan narsaga duch kelamiz. Bu muammoni o‘zingiz hal qilishingiz mumkin, faqat kerakli va to‘g‘ri parvarishni tanlash kerak.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.