Buxoro yangiliklari

Buxoroda “Sinepar” siropini ichgan bolalar o‘lgani rostmi?

photo 1172

Loading

Bugun, 25-yanvar kuni internetda Buxoro viloyatida bir kunning o‘zida “Sinepar” siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ma’lumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga zid ekanligini ma’lum qiladi.

“O‘rganishlar davomida Buxoro viloyatidagi tibbiyot muassasalarida davolangan bolalarda ushbu preparatni qabul qilish tufayli hech qanday o‘lim holati kuzatilmagan”, – deyiladi vazirlik e’lon qilgan xabarda.

Shunga qaramay, vazirlik yurtdoshlarimizga har qanday dori vositasidan shifokor ko‘rsatmasisiz va o‘zboshimchalik bilan foydalanmasalik zarurligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.