Salomatlik
Pechda tez tayyor bo‘ladigan osh retsepti
Ushbu retseptning eng mazali qismi — guruch. Unga tovuq yog‘i singadi va yumshoq, xushbo‘y hid taratib pishadi. Yodda tuting, palovga tovuqning ust qismi qizarib pishgani solinadi.
Kerakli masalliqlar:
piyoz — 1 dona;
sabzi — 1 dona;
suv — 2 stakan;
tuz — ta’bga ko‘ra;
guruch — 1 stakan;
tovuq oyoqchalari — 1 kg;
o‘simlik yog‘i — ta’bga ko‘ra;
zira — 1 qoshiqning 1/3 qismi.
Tayyorlanishi:
Piyozni mayda qilib to‘g‘rang. Sabzini ham maydalab oling. Sabzavotlarni kamroq yog‘da qovuring. Ularni taomni pishiradigan idishingizning pastki qismiga qo‘ying. Sabzavotlar qovurilgan tovada tovuqni qizarguncha qovuring. Unga tuz soling. Idishidagi sabzavotlarning ustiga guruch soling. Uni teng ravishda taqsimlang va ustiga tuz, zira qo‘shing. Tovuqni guruchning ustiga qo‘ying. Qaynoq suv solib pechda 180 daraja haroratda taxminan 40 daqiqa davomida pishiring. Palov tayyor. Yoqimli ishta!
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi