Texnologiyalar
Velosipedchilarni jarohatlardan himoyalovchi ryukzak ishlab chiqildi
Fransiyaning “In & Motion” kompaniyasi patentlangan “In & box” texnologiyasiga asoslangan Stan tizimini ishlab chiqdi. Bu esa velosipedda xavfsiz harakatlanish imkonini beradi.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur tizim velosiped ryukzagi, havo yostig‘i va velosiped haydovchisi holatini kuzatuvchi va kutilmagan vaziyatlarda himoyani faollashtiruvchi elektron moslamadan iborat.
Sinovlar shuni ko‘rsatadiki, Stan tizimi yostig‘ tananing yuqori qismini va birinchi navbatda boshni velosiped bosh kiyimiga qaraganda 80% ga samaraliroq himoya qila oladi.
Shuningdek, qulash xavfi mavjud bo‘lganda, Stan xavfsizlik yostig‘i soniyaning o‘ndan birida ishlaydi. Favqulodda qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishga zarurat yuzaga kelsa, foydalanuvchi maxsus smartfon ilovasidan foydalanishi va hatto GPS orqali o‘z koordinatalari haqida xabar berishi mumkin.
Stanning katta afzalligi – bu keng va xushbichim qilib ishlangan ryukzak bo‘lib, unga yostiqdan tashqari shaxsiy buyumlar, shuningdek, noutbuk va smartfon osongina joylashishi mumkin.
E‘tiborlisi, “In & Motion” kompaniyasi ryukzakni hali ommaviy ishlab chiqarmoqchi emas. Sababi, mutaxassislar o‘z ixtirolarini takomillashtirishda davom etmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi