Salomatlik

Televizorni o‘chirmasdan uxlash qanday oqibatlarga olib keladi?

photo 1222

Loading

Ko’pchilik kechqurun televizor ko‘rishni yoqtiradi — bu og‘ir ish kunidan keyin dam olishga va charchoqdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Biroq bunday daqiqalarda odamlar ko‘pincha uxlab qoladi va bu organizm holatiga salbiy ta’sir qiladi.

Shubhasiz, televizor tomosha qilib divanda o‘tirgandan so‘ng o‘z-o‘zidan energiya kamayganligini sezish mumkin. Gap shundaki, agar uyqu paytida xonada yorug‘lik bo‘lsa, hatto xira bo‘lsa ham, biologik soat yo‘qoladi va metabolizm buziladi. Bularning barchasi beqaror qon bosimi va gormonal muammolarga olib keladi. Lekin bu hammasi emas.

Agar televizor yoki tungi chiroqni o‘chirmasdan uyquga ketilsa, vazn yo‘qotish qiyinroq bo‘ladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uyqu sifatiga ahamiyat bermaydiganlar semirishga moyil bo‘ladi. Ularning fikriga ko‘ra, yotishdan oldin barcha yorug‘lik manbalarini o‘chirish kerak.

Agar inson quvnoq va yaxshi kayfiyatda uyg‘onishni istasa, yana bir nechta qoidalarga amal qilishi lozim — yotishdan bir necha soat oldin barcha gadjetlardan foydalanishni to‘xtatish, xonani ventilyatsiya qilish va har doim bir vaqtning o‘zida yotish. Tez orada sog‘liqda qanday o‘zgarishlar boshlanishini sezish mumkin.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.