Islom

Qon tekkan kiyim bilan namoz o‘qish joizmi?

photo 1228

Loading

Savol: Kiyimimga qon tekkan edi. Esimdan chiqib peshin namozini o‘qib qo‘yibman, ikki soatdan keyin qon tekkanini eslab qoldim. Namozni qaytadan o‘qishim kerakmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Qon og‘ir najosat hisoblanadi. Agar u dirham (tanga) miqdoridan katta bo‘lsa, shu kiyimda o‘qilgan namozni qayta qazo qilib o‘qib olasiz. Agar dirham miqdoricha yoki undan oz miqdorda tekkan bo‘lsa, namoz durust bo‘lgan hisoblanadi.

قلت: فَإِن أصَاب يَده بَوْل أَو دم أَو عذرة أَو خمر هَل ينْقض ذَلِك وضوءه؟ قَالَ: لَا وَلَكِن يغسل ذَلِك الْمَكَان الَّذِي أَصَابَهُ. قلت: فَإِن صلى بِهِ وَلم يغسلهُ؟ قَالَ: إِن كَانَ أَكثر من قدر الدِّرْهَم غسله وَأعَاد الصَّلَاة وَإِن كَانَ قدر الدِّرْهَم أَو أقل من قدر الدِّرْهَم لم يعد الصَّلَاة

Men “Agar qo‘lga siydik, qon, tezak, xamr (mast qiluvchi ichimlik) tegsa, tahorat sinadimi?”, – dedim. “Yo‘q. Ammo najosat tekkan joyni yuvib tashlaydi”, dedi. Yana men “Agar o‘sha najosatni yuvmay namoz o‘qigan bo‘lsachi?”, – dedim. “Agar dirham miqdoridan ko‘proq tekkan bo‘lsa, o‘sha joyni yuvib, namozni qayta o‘qiydi. Agar dirham yoki undan oz miqdorda tekkan bo‘lsa, namozni qayta o‘qimaydi”, – dedi. Mabsuti Saraxsiy. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.