Buxoro yangiliklari
Kogonlik shaxs Buxoro shahrida yashovchi ayol bilan bir necha bor yaqinlik qilib, keyin undan $2 500 undirib olmoqchi bo‘ldi
Bir necha oy oldin Buxoro shahri, “To‘qimachi” mahallasida yashovchi yosh juvon begona erkak bilan internet orqali gaplashib qoladi. Oddiy tanishuvdan boshlangan ushbu munosabatlar jiddiy tus oladi va ular uchrashib yurishga kelishib olishadi. Kun ora, haftadi bir yoki ikki marta, qisqasi ayol va o‘zini Bahrom deb tanishtirgan erkak jinsiy yaqinlik qilib yurishadi. Shunday kechqurungi uchrashuvlardan birida uyda shirin xayollarga berilgan ayol yalang‘och holatida uning telefoniga suratga tushadi. Shundan so‘ng yana bir necha bor uyda yolg‘iz bo‘lishga ulgurgan juftlik munosabatlariga darz ketadi.
Buning sababi esa Bahromning asl maqsadi ochilib qoladi. U o‘zining hirsiy ehtirojlarini qoldiribgina qolmasdan, buning evaziga pul ham ishlamaqchi bo‘ladi. U ayolga bir muddat avval olgan yalang‘och fotolarini internetda tarqatib yuborishni va Telegram orqali uni “zvezda” qilishini aytib qo‘rqitib keladi.
Katta xato qilganini endi tushunib yetgan ojiza ayol sharmanda bo‘lishidan qo‘rqib, unga bir necha marotaba pul beradi va natijada Bahrom jami $500 ga teng summani tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi. Lekin, nafsi hakalak otgan erkak endi unda yanada ko‘proq pul talab qila boshlaydi. Bu safar u ayolga bidagina $2 000 berishi kerakligini aytadi.
Toqati toq bo‘lgan jabrlanuvchi IIB ga ariza bilan murojaat qilishga qaror qiladi va firibgar ma’shuqni ushlab, qonuniy javobgarlikka tortishni so‘raydi.
Mazkur murojaat yuzasidan esa Buxoro viloyati IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkaziladi. Organ xodimlari dastlab ayolga o‘zini Bahrom deb tanishtirgan shaxsning yashash manzilini aniqlashadi. U Kogon tumani, “Geofizika” mahallasida ro‘yxatda turishi oydinlashganidan so‘ng, unga tuzoq qo‘yishadi. Buning natijasida gumonlanuvchi Kogon shahri, Qorovulbozor shoh ko‘chasidagi “Firdavs” kafesida talab qilayotgan pullardan $900 ni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.
Buxoro IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni kunlarda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksinining 165-moddasi, 1-qismi bilan ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi