Salomatlik

Shampun tanlashda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan xatolar

photo 1242

Loading

Shampun tanlash oson ish emas, hatto sochlar qaysi turga kirishi ma’lum bo‘lsa ham. Bundan tashqari, javonlardagi assortiment ikkilanishni keltirib chiqaradi: namlantiruvchi, tiklovchi, silliqlovchi va hajm beruvchi. Qaysi birini sotib olish kerak? Ko‘pincha tanlov noto‘g‘ri bo‘ladi. Mutaxassis yordamida shampun tanlashda qo‘l qo‘yiladigan xatolar haqida batafsil to‘xtalamiz.

Siyrak sochlar qalin ko‘rinishi uchun hajm beruvchi shampun sotib olish tavsiya etiladi

Ko‘p ayollar bunday shampunni tanlashda quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yadi:
– faqat hajm uchun konditsionersiz shampun sotib olish;
– mahsulotni siyrak va rangi o‘chgan sochlarga qo‘llash;
– quruq sochlar va quruq bosh terisiga qo‘llash.

Bunday xatolar hajmning yetishmasligi, sochlar qurishi, mo‘rtlik, yog‘ bezlarining beqarorligi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.

Afsuski, hajm beruvchi shampun hamma sochlar uchun mos emas. U faqat sog‘lom rangli yoki tabiiy sochlar uchun tavsiya qilinadi. Nozik, mo‘rt va oqargan sochlar uchun bunday mahsulotlarni sotib olish befoyda. Haqiqat shundaki, hajm beruvchi shampunlar teri va sochning tuzilishini quritadi va agar ular allaqachon shikastlangan bo‘lsa, boshqa jiddiy muammolar yuzaga keladi.

Soch tekislovchi shampun ish berishiga ishonchingiz komilmi?

Ko‘pchilik “tekislovchi” deb yozilgan shampunni sotib oladi va u sochlarni to‘g‘rilaydi, deb o‘ylaydi. Aslida, hech narsa sodir bo‘lmaydi. Ushbu mahsulotlar faqat uzun va tekis silliq sochlar uchun yaratilgan — shampun shunchaki sochning yumshoqligini yo‘q qiladi, yorqinlik va jilo qo‘shadi. Aytgancha, ko‘pincha bu mahsulotlar gidrolizlangan keratinni o‘z ichiga oladi, buning natijasida sochlar qalinlashadi. Agar soch siyrak masalan, jingalak bo‘lsa, unda shampun tozalashdan boshqa natijani ko‘rsatmaydi.

Soch bo‘yashdan keyin namlantiruvchi shampundan foydalanmaslik

Namlantiruvchi shampun bo‘yalgan, rangini yorqinlashtirgan, kimyoviy tekislashdan keyingi har qanday sochga mos keladi. Gap shundaki, soch tolasiga kimyoviy ta’sir qilgandan so‘ng juda ko‘p suvni yo‘qotadi. Shuning uchun sochga juda ko‘p namlantiruvchi moddalar kerak bo‘ladi.

Aralash turdagi sochlar uchun quruq shampundan foydalanish

Sochlar uchi gullab, ildizlari yog‘lanadimi? Bu kabi aralash turdagi sochlarni quruq sochlar uchun mo‘ljallangan shampun bilan yuvishadi. Bu, albatta, katta xato. U quruq va siyrak sochlarning uchlari va uzunligi bo‘ylab mos keladi, lekin agar bosh terisi yog‘li bo‘lsa, u holda mahsulot yog‘ ishlab chiqarishni oshiradi, bu esa bosh terisining haddan tashqari yog‘lanishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, faqat vaziyat yomonlashadi.

Oddiy sochlar uchun ham yog‘li sochlarga mo‘ljallangan shampunlardan foydalanish

Bunday shampunlar faqat yog‘li bosh terisi uchun mo‘ljallangan va ortiqcha yog‘ ishlab chiqarishni kamaytiradi. Qoida tariqasida, agar odamda yog‘ bezlari faoliyati buzilgan bo‘lsa, unda trixologik shampunni tanlash tavsiya etiladi. Agar muammo kosmetik bo‘lsa va ratsion, laktatsiya, gormonal o‘zgarishlar natijasida yog‘ bezlarining buzilishi kuzatilsa, unda yog‘li sochlar uchun mahsulotlar bu muammoni osongina hal qiladi.

Qazg‘oq bo‘lmasa ham unga qarshi shampundan foydalanish

Hech qanday holatda qazg‘oqqa qarshi mahsulotdan foydalanmaslik kerak, hatto profilaktika maqsadida ham. Gap shundaki, qazg‘oq bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun vositalar quruq teriga, dermatitga va sochlarning tuzilishini haddan tashqari quritishga olib kelishi mumkin.

Sochlar sog‘lom bo‘lsa-da, tiklovchi shampundan foydalanish

Soch kimyoviy jarayon natijasida shikastlanganda tiklovchi shampundan foydalanish mumkin. Ularni sog‘lom sochlarga qo‘llash shunchaki befoyda, chunki bunday mahsulotlar tolalarning og‘irligiga va sinishiga olib keladi. Sochlar shunchaki hajmini yo‘qotadi — uzunligida ham, ildizida ham. Chunki barcha tiklovchi shampunlar soch tuzilishiga faol moddalar bilan qo‘shish va to‘ldirish tamoyili asosida ishlaydi.

Uzoq vaqt davomida bo‘yalmagan bo‘lsa-da, rangli sochlar uchun mo‘ljallangan shampundan foydalanish

Agar bo‘yalgan sochlarga mo‘ljallangan shampunni tabiiy sochlarga ishlatilsa, hech qanday zarar bermaydi, ammo hech qanday ta’sir ham bo‘lmaydi. Mahsulot rangli sochlar uchun maxsus mo‘ljallangan, chunki ular sun’iy pigmentni ushlab turish uchun mikroplyonkaga muhtoj. Rangni himoya qilish mikrolaminatsiya bo‘lib, har bir soch pigmentni saqlaydigan yog‘lar va polimerlar tufayli nafas oladigan plyonka bilan qoplanadi.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.