Mashhurlar
“Mendirman Jaloliddin” seriali sabab Samarqand, Buxoro va Xivaga sayohat qildim — Mehmet Bozdag‘
Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan turk kinoijodkorlari hamkorligida ishlangan “Mendirman Jaloliddin” seriali prodyuseri Mehmet Bozdag‘ serial va O‘zbekiston haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“– Tarixiy serial suratga olish taklifi tushganida juda hayajonlandim. Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashuvdan so‘ng “Jaloliddin Manguberdi” haqida serial olishni boshladik. Suratga olish jarayonida juda ko‘p insonlar mehnat qilishdi, bosh tashabbuskor albatta, Ozodbek Nazarbekov bo‘ldi”, — dedi M. Bozdag‘.
Shuningdek, u suratga olish jarayonida o‘zbek hamkasblari bilan tajriba almashgani va tarixiy serial syomkasi juda mas’uliyatli va mashaqqatli jarayon ekanligini ta’kidladi. Uning aytishicha aktyorlar 50°C — 55°C da issiqda ham og‘ir zirhli kiyimlar bilan harakat qilishgan. Otlar qatnashgan sahnalar ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bilan kechgan. Shunday bo‘lsa-da, o‘zbek va turk aktyorlari o‘z vazifalarini zavq va mas’uliyat bilan bajarishgan.
“– Ushbu loyiha sabab, bolalikdan orzu qilib yurganim: Samarqand, Buxoro va Xivaga sayohat qildim. Tarixiy kino olish borasida o‘zimizni yana bir bor sinab ko‘rish imkoniyatini bergan o‘zbek birodarlarimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, — dedi M. Bozdag‘.
Prodyuser keyinchalik Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, Fotih Sulton kabi ulug‘ tarixiy shaxslar hayotiga oid seriallarni suratga olish niyatida.
Ma’lumot uchun, 2023-yilning 14-yanvar kuni Madaniyat va turizm vazirligi bilan hamkorlikda serialning 2-mavsumi premyerasi bo‘lib o‘tdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi