Salomatlik
«Sputnik V» vaksinasidan 1 million doza olib kelish ko‘zda tutilgan
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida COVID-19 bilan bog‘liq bugungi vaziyat, vaksinasiya jarayonlariga tayyorgarlik matbuot anjumanida Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonga olib kelinayotgan vaksinalar haqida ma’lumot berdi.
«Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 ga qarshi AstraZeneca/Oxford vaksinasini favqulodda ishlatish mumkin bo‘lgan vaksinalar ro‘yxatiga kiritgan.
Har bitta tavsiya birinchi navbatda, chuqur tahlil asosida bo‘ladi. AstraZeneca vaksinasi ham 23 ming nafar ko‘ngillida o‘tkazilgan tahlillar asosida uning samaradorligi 70 foiz deya ko‘rsatilgan.
To‘g‘ri, ayrim vaksinalar 90 yoki 80 foizlik samaradorlikka ega bo‘lishi ham mumkin. Lekin 70 foiz samaradorlikka ega vaksina ham samarali va emlashga tavsiya etiladigan vaksina hisoblanadi.
Biroq bu faqatgina mazkur vaksinani qo‘llaymiz, degani emas. Bundan tashqari boshqa vaksinalarini ham olib kelish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti.
Masalan, «Sputnik V» vaksinasi bo‘yicha 1 million dozaga shartnoma ishlab chiqilgan. Shartnomani ayni paytda Rossiya tomoni ko‘rib chiqmoqda, muzokaralar yakuniga ko‘ra vaksina O‘zbekistonga olib kelinadi».
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi