Buxoro yangiliklari

Bugun, 4-fevral – Buxoro teleradiokanali tojik tahririyati muharriri Matluba Odinayeva tavallud topgan kun

photo 1258

Loading

Bugun, 2023-yilning 4-fevral kuni mahoratli suxandon, buxoroliklarning sevimli boshlovchisi, tojik tilidagi bir qancha radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlar muallifi, shogirdlari e‘tirofidagi aziz inson, ustoz Odinayeva Matluba Hikmatovna tavallud ayyomini nishonlamoqda.

O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “Buxoro” teleradiokanalida TV guruhi katta muharriri M. Odinayeva 1964-yilning 4-fevral kuni qo‘shni Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni a’lo baholarda bitirgan bo‘lajak ijodkor Tojikiston pedagogika institutini Rus tili va adabiyoti yo‘nalishiga kunduzgi shaklda o‘qishga kirib, uni 1986-yilda tamomlagan. Tojik, o‘zbek va rus tillarida ravon gaplashadi. Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

photo 03 245

Oliygohni bitirgan talaba shu yili hozirgi Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston pedagogika instituti Qo‘rg‘ontepa filialida Rus tili kafedrasi assistenti bo‘lib ishga kiradi. Biroz muddat o‘tgandan so‘ng, u 2002-yilda sharif shahrimiz Buxoroga kelib, mahalliy telekanalda muxbir sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. 2007-yilga qadar o‘zini yana turli lavozimlarda sinab ko‘rgan M. Odinayeva yana Buxoro telekanaliga qaytadi va hozirga qadar ushbu dargohda sevimli ishi – buxoroliklar uchun tojik tilidagi ko‘rsatuvlar tayyorlab kelmoqda. Xususan, uning muallifligidagi “Payomi ro‘z” teledasturi har haftaning yakshanba kuni ekran yuzini ko‘radi.

photo 01 204

Shuningdek, u “Buxoro” teleradiokanalida muntazam ravishda jonli efirlarda reportajlar, maxsus ko‘rsatuvlar va ko‘ngilochar yo‘nalishdagi loyihalar ham qilib turadi. Ayni damda FM 103,1 to‘lqinidagi Buxoro radiosida deyarli har kuni tojik tilidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlarda xabarlar, tematik eshittirishlar hamda boshqa dasturlarga boshlovchi sifatida qatnashib kelmoqda.

photo 04 148

Tahririyatimiz nomidan Matluba Hikmatovnaga bundan keyingi faoliyatlarini sermazmun va jo‘shqin tarzda olib borib, muxlislari qalblariga quvonch bag‘ishlagan holda ishlashlashlarini, yangidan-yangi yutuqlarga erishishlarini tilab qolamiz.

Muallif: Sanjar Nazarov, Buxoroisharif.uz internet nashri bosh muharriri va asoschisi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.