Buxoro yangiliklari

Buxoroda o‘quv markazi ochib, voyaga yetmaganlarga ekstremistik ma’ruzalar eshittirgan shaxslar ushlandi

photo 1260 scaled

Loading

O‘zbekistonda aholining islom dinini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tegishli tashkilotlar tomonidan yetarlicha shart-sharoitlar yaratilib, fuqarolar uchun masjid, madrasa va oliy diniy ta’lim muassasalarida o‘qishlari tashkil qilibgan bo‘lsada, ayrimlar haligacha yetarli bilimga ega bo‘lmagan “chala mullalar” ga bormoda.

Xususan, joriy yilning 31-yanvar kuni Buxoro IIB va mas’ul idoralar vakillari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Misvoh” nomli o‘quv markazida arab tilini o‘rgatish bahonasida 2 nafar shaxs jami 28 kishi (ulardan 9 nafari voyaga yetmagan) ga qonunga xilof ravishda diniy ta’lim berib kelayotganligi aniqlandi. Noqonuniy faoliyat olib borayotganlar shaxsiga oydinlik kiritilib, ular Peshko‘ tumanida istiqomat qiluvchi 36 yoshli S. Sh. va 33 yoshli X. B. ekanligi ma’lum bo‘ldi.

photo 02 382

Bundan tashqari, 1993-yilda tug‘ilgan T. M. Telegramda “Muslimalar” nomli guruh ochib, 8 nafar fuqarolarga noqonuniy tarzda virtual diniy ta’lim berayotganlik holati ham aniqlangan.

Yuqoridagi shaxslar tomonidan O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan faoliyati taqiqlangan “Salafiylar” diniy-ekstremistik oqimning g‘oyaviy rahnamolaridan biri bo‘lgan “Sodiq Samarqandiy” taxallusli shaxsning ma’ruzalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib kelganligi ayon bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi qonunining 3-moddasiga binoan, diniy tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatish, diniy tashkilot tomonidan faoliyatni o‘zi turgan joydan, shu jumladan ibodat qilinadigan binolardan va diniy tashkilotga tegishli hududlardan tashqarida amalga oshirish, shuningdek diniy ta’lim muassasalaridan tashqarida xususiy tartibda diniy ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish ta’qiqlanishi hamda 8-moddasida har kim diniy ta’lim muassasalarida professional diniy ta’lim olish huquqiga ega ekanligi, diniy ta’lim muassasalarida o‘qishga fuqarolar qonunchilikka muvofiq, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus ta’lim yoki professional ta’lim olganidan keyin qabul qilinishlari belgilab qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan, ushbu fuqarolarning hatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi bilam ish qo‘zg‘atilib, tergov haralatlari davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.