Islom
Qanday erkaklar ayol kishi uchun mahram hisoblanadi?
Savol: Qanday erkaklar biz, ayollar uchun mahram hisoblanadi? Shular haqida aniq ma’lumot bersangiz.
Javob: Islom – dinlar ichida eng mukammal va oxirgi din. Qur’oni karimda mahramlar aniq bayon qilingan. Demak, ayolning mahramlari bilan tanishib chiqamiz.
- Ota va bobolar – ayolning ota va ona tomonidan otalari;
- Erning otasi (qaynota);
- Ayolning o‘z o‘g‘illari, erning o‘g‘illari (o‘gay o‘g‘illari) va nabiralari;
- Ayolning qarindoshi (aka-uka, opa-singillari). Xoh ota-onasi bir, xoh faqat ona yoki ota bir qarindoshi bo‘lsin, farqi yo‘q;
- Aka-uka, opa-singillarning o‘g‘illari.
Sanab o‘tilganlarning barchasi ayolga mahram hisoblanadi. Bular oldida ziynatlarini ochish mubohdir. Alloh taolo yuqoridagi oyatda amaki va tog‘alariga oid hukmni bayon etmagan. Fiqh ilmi olimlarning fikriga ko‘ra, amaki va tog‘alarning hukmlari ham mahramiyat e’tiboridan yaqinlik darajalari sanalgan kishilar bilan birdir. Amaki va tog‘alar ota hukmida bo‘lgani uchun oyatda alohida sanalmagan. Oyatda aytib o‘tilgan qarindosh erkaklar ayolning mahrami bo‘lgani kabi, emikdosh (bir onaning sutidan oziqlangan) aka-ukalar ham ayolning mahramlari hisoblanadi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Mir Arab oliy madrasasi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi