O‘zbekiston

Buxorodagi hibsxonada Nukus voqealarida ayblangan Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv bo‘limining sobiq boshlig‘i Polat Shamshetov vafot etdi

photo 1266

Loading

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy bayonot verdi.

“– 2023-yilning 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga qarashli 4-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum Polat Shamshetov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV sobiq xodimi) to‘satdan vafot etgan”, – deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamizz, sudning hukmi bilan P. Shamshetov Jinoyat kodeksining 244-moddasi, 3-qismi bilan aybli deb topilib, 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan mahrum etilgan va 6 yil ozodlikdan mahrum qilingan.

Hodisa joyi Buxoro viloyati prokurori rahbarligidagi tezkor-tergov guruhi, viloyat IIB boshlig‘i, sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Bunda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili, P. Shamshetovning advokati va yaqin qarindoshlarining ham ishtiroki etishgan.

O‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

“Sud-tibbiy ekspertizasi ishchi guruhining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhum o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan”, – deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

Ayni damda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.