Jahon

Turkiyada qayd etilgan zilzila Italiyada sunami keltirib chiqarishi mumkin

photo 1268

Loading

Bugun, 6-fevral kuni Turkiyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzila tufayli Italiyaning bir qator qirg‘oqbo‘yi mintaqalarida sunami xavfi e’lon qilindi.

Italiya fuqarolik mudofaasi xizmati xabariga ko‘ra, Sitsiliya, Kalabriya va Pugliyadagi temir yo’llarda harakat vaqtincha to‘xtatilgan va boshqa bir qator ehtiyot choralari ko‘rilgan.

“– Italiya qirg‘oqlari aholisidan mahalliy vaqt bilan ertalab soat 06:30 dan boshlab maxsus signal tugashi e’lon qilingunga qadar (zilzila bilan bog‘liq) qirg‘oq va uning yaqinida bo‘lmasliklari so‘raladi”, – deyiladi mamlakat fuqarolik mudofaasi xizmati xabarida.

Shuningdek, aholiga sohilbo‘yi hududlardan uzoqlashish, yuqoriroq zonaga chiqish va mahalliy hokimiyat ko‘rsatmalariga rioya qilish tavsiya etilmoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat sababli Turkiyaning 10 ta viloyatida 284 nafar kishi halok bo’lgan, jarohatlanganlar soni esa 2 323 nafarga yetgan.

Ma‘lumot uchun, Yevropa-O’rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri aholi punktidan 37 km uzoqlikda, 10 km chuqurlikda bo’lgan. Shundan so’ng birgina Turkiyaning o’zida 42 marta qayta yer silkinishi sodir bo’lgan, shundan 6 tasining kuchi 6 magnitudan yuqori bo’lgan. Turkiya janubidagi Gaziantep qal’asi va Suriyadagi Aleppo qal’asi ham zilzila oqibatida shikastlangan

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.