Texnologiyalar
YouTube da endi doʻstingiz bilan birgalikda jonli efirga chiqish funksiyasi qoʻshilmoqda
O‘tgan yil oxirida YouTube o‘zining “Go Live Together” (Birgalikda jonli efirga chiqish) funksiyasini e’lon qilib, uni sinovdan o‘tkazishni boshlagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, bir necha kun avval ushbu xususiyatni barcha uchun tarqatish jarayoni boshlangan.
Endi 50 dan ortiq obunachilarga ega YouTube-kanal egalari o‘zlarining do‘stlari bilan birgalikda jonli efir qilishlari mumkin. Bunda jonli efirni boshlovchi odam istalgan odamni o‘zining mehmoni sifatida jonli efirga taklif qila oladi, ya’ni mehmon YouTube-kanalida kamida 50 obunachi bo‘lishi talab qilinmaydi. Biroq, hozirda Siz faqat bittagina odamni “mehmon” qila olasiz.
Funksiyadan foydalanish:
1. YouTube ilovasini eng so‘nggi versiyaga yangilangang va uni oching;
2. Pastki qism markazidagi “Yaratish”, ya’ni “+” tugmasini bosing;
3. Yangi ochilgan oyna menyusidan “Go Live Together” tugmasi bosing;
4. Spngraa jonli efir mavzusi, tavsifi, monetizatsiya sozlamalari va boshqalarni sozlab, “Done” tugmasini bosing;
5. Mehmon taklif qilish uchun ko‘rsatilgan linkdan nusxa oling uni mehmonga jo‘nating yoki o‘sha yerdan linkni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulashing;
6. Mehmon foydalanuvchi linkni bosgandan so‘ng, “Kutish rejimi” ga oʻtadi. Shunda Siz “Go Live” tugmasini bosing.
Jonli efir boshlanganida mehmoningiz kutishda bo‘lsa, Siz uni ko‘rasiz. “Qo‘shish” tugmasini bosish bilan esa birgalikda efirga chiqasiz.
Garchi “Go Live Together” kanalingizda 50 ta obunachingiz bo‘lmasa ham ko‘rinib tursada, Siz mehmon bilan jonli efir boshlay olmaysiz.
Jonli efir boshlovchisi mehmon bilan bo‘lgan strim statistikasini o‘zining “YouTube Studio” sida ko‘rishi mumkin, ammo bu mehmonga ko‘rinmaydi. Shuningdek, 2 kishilik jonli efirda ham reklamalar chiqishi mumkin. Bunda ular faqat “mezbon kanali” da ko‘rsatiladi.
Aytish kerakki, bu funksiya faqat YouTube ning mobil ilovalarida ishlaydi. Siz kompyuter orqali “Birgalikda jonli efirga chiqish” vaqtini rejalashtirishingiz mumkin, lekin unga siz ham, mehmon ham mobil qurilmalaringizdagi YouTube dasturi orqali ulanishingiz kerak bo‘ladi.
Yangi funksiya ham Android, ham iOS uchun ishlaydi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi