Buxoro yangiliklari

Vobkentlik 17 yoshli qiz nega yarim tunda qoʻshni erkakning avtomobilini oʻgʻirlab ketdi?

photo 258 1

Loading

2023-yilning 3-fevral kuni Vobkent tumani, Xalach qishlog‘ida yashovchi 52 yoshli R. E. ga IIB ga ariza bilan murojaat qilib, shu kechasi unga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinani o‘zining uyi yonidan nomaʼlum shaxs olib qochganligini bildiradi.

Mazkur holat yuzasidan kelib tushgan xabar asosida viloyat IIB tomonidan “to‘sib ushlash” maxsus tezkor rejasi harakatga keltirilib, hamkorlikda olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari natijasida ushbu avtomashina va uning haydovchisi to‘xtatilib ushlandi.

Jumladan, viloyat IIB YHXB inspektorlari tomonidan A-380 avtomobil yo‘lining 369-kilometrida avtomashina to‘xtatilganda, uni Vobkent tumani, Xalach qishlog‘ida yashovchi voyaga yetmagan 17 yoshli T. Sh. (qiz) olib qochib ketayotganligi aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, voyaga yetmagan T. Sh. 2-fevral kuni kunduzi jabrlanuvchi R. E. bilan yo‘lda koʻrishib qolganlarida o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida R. E. uni haqorat qilganligi maʼlum qildi. Buning oqibatida T. Sh. jahl ustida 2-fevral kunidan 3-fevral kuniga o‘tar kechasi soat 03:45 larda R. E. ning uyi oldiga kelib, jabrlanuvchiga tegishli “Damas” kaliti salon ichida turganidan foydalanib olib qochganligi oydinlashdi.

Hozirda ushbu jinoyat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.