O‘zbekiston
O‘zimdan 20 yosh katta insonga turmushga chiqqanman – “Alpomish” filmida Oybarchin rolini ijro etgan aktrisa
2000-yilda o‘zbek tomoshabinlari ko‘nglidan joylgan va “Inson” kinostudiyasi tomonidan Habibulla Fayziyev rejissorligida suratga olingan “Alpomish” milliy badiiy filmida Barchinoy rolini ijro etgan, qolaversa, boshqa turli film va seriallardagi obrazi bilan yaxshi tanish aktrisa Dildora Umarova Sevimli TV ning “O‘zim” ko‘rsatuviga bergan intervyusida shaxsiy hayoti haqida so‘zlab berdi. “Daryo” nashri ushbu suhbatdan parcha taqim qildi.
“– Turmush o‘rtog‘im mendan 20 yosh kattalar. Yoshligimda negadir o‘zimdan 20 yosh katta insonga turmushga chiqaman, – deb orzu qilganman. Niyat qilsa, bo‘larkan shu narsa. Ular diplomatiya sohasida ishlaganlar. Bularni ko‘rganimda aynan o‘zim xohlagan insonni topdim, – deganman. Lekin otam qarshilik bildirganlar. Odamlar nima deydi, – deganlar. Lekin turmush o‘rtog‘im bilan suhbatlashib rozi bo‘lganlar”, — deydi Dildora Umarova.
Aktrisa turmush qurganidan keyin turli gap-so‘zlarga uchragani haqida ham aytib o‘tdi. Uning bo‘lajak eri bir marta uylanib, ajrashgan ekan. D. Umarova o‘sha paytda birinchi marta turmushga chiqayotgani uchun to‘ydan keyin ancha gap-so‘zlar bo‘lgan.
“Dildora o‘zidan ancha katta insonga tegibdi, tinchlikmikan?”, – deyishgan odamlar.
Hozir ham turmush o‘rtog‘i bilan bozorda yursa, “Singlim otangizga ayting sizga mana bu narsani olib berishsin”, – deyisharkan. Bu gaplardan aktrisa umuman xafa bo‘lmaydi. Aksincha, “Ha, bu mening otam’, – deb ketaveraman”, – deydi aktrisa.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi