Texnologiyalar

Apple endilikda iPhone Ultra chiqarmoqchi. U qanday ustunliklarga ega?

photo 1275

Loading

O‘tgan yilning sentabr oyida Bloomberg nashri muxbiri Mark Gurman o‘z manbalariga tayanib, Apple yangi avlod iPhone seriyasi bilan o‘zining “Pro Max” nomli modelini “Ultra” ga almashtirishi haqida xabar bergan edi. Biroq, so‘nggi tahminlariga ko‘ra, kompaniya Pro Max ni ham saqlab qolgan holda Ultra modelini ishlab chiqaradi.

Muxbirning ta’kidlashicha, Apple o‘zining iPhone Ultra smartfonini iPhone 16 seriyasida, Pro va Pro Max dan ham yuqoriroq model sifatida taqdim qiladi. O‘z nomidan ma’lumki, iPhone Ultra texnik xususiyatlar borasida yanada kuchliroq, shu bilan birga, qimmatroq bo‘ladi.

O‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan Apple daromadlari muhokamasida kompaniya rahbari Tim Kuk, iPhone odamlar hayotining ajralmas qismiga aylanganligini va xaridorlar smarftfonning eng yaxshisini olish uchun chindan ham pul to‘lashga tayyor ekanligini aytgan edi.

Hozircha iPhone Ultra qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi noma’lum, lekin jurnaslit M. Gurmanning aytishicha, qurilma yaxshiroq kamera, tezkor chip va kattaroq displey taklif qilishi mumkin. Qolaversa, u zaryadlash portisiz, faqat simli quvvatlanadigan dizaynga ega bo‘lishi mumkinligi ham tahmin qilinmoqda.

iPhone 15 seriyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bo‘lajak smartfonlarning barchasi “dinamik orol” xususiyatiga ega bo‘lishi, shu bilan birga, Light ning emas, USB Type-C porti bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.