Islom

Cho‘ntagimda nos bilan namoz o‘qisam bo‘ladimi?

photo 1304

Loading

Savol: Cho‘ntagimda nos bilan namoz o‘qisam namozim to‘g‘ri bo‘ladimi?

Javob: Namozxonni namozi to‘g‘ri bo‘lishi uchun uning badani va kiyimi pok bo‘lishligi shart. Agar uni kiyimi yoki badaniga dirham miqdoridan ziyoda najosati g‘aliza (og‘ir najosat) tekkan bo‘lsa, yoki kiyimining va badanning to‘rtdan biridan ko‘prog‘iga najosati xafiyfa (yengil najosat) tekkan bo‘lsa o‘shanda namozxonning namozi durust bo‘lmaydi. Xuddi shu hukm namozxonning cho‘ntagidagi narsaga ham tegishlidir. Ya’ni namozxonning cho‘ntagidagi nopok narsa najosati g‘aliza bo‘lib, u bir dirhamdan ziyoda bo‘lsa yoki najosati xafifa bo‘lib to‘rtdan birdan ziyoda bo‘lsa namozi durust bo‘lmaydi. Savolda kelgan nosvoy, sigaret zohiran nopok emas. Shuning uchun namozxon cho‘ntagida mazkur narsalar bilan namoz o‘qisa uning namozi durust bo‘ladi. Ammo bu musulmon kishiga bunday narsalarni iste’mol qilish halol bo‘ladi degani emas. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.