Buxoro yangiliklari

Keyingi oydan Buxorodan Termizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys qo‘yilmoqda

photo 1338
Foto: Uzbekistan Airways

Loading

Respublikada yangi yo‘nalishlarda mahalliy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 26-oktabr kuni “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil martdan “Samarqand – Nukus”, “Samarqand – Mo‘ynoq”, “Samarqand – Termiz”, “Buxoro – Termiz”, “Namangan – Termiz” va “Namangan – Nukus” kabi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash; Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish; aviaqatnovlar jadvalini yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan temir yo‘l, avtobus va mikroavtobus yo‘nalishlari bilan integratsiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, O‘zbekiston aviakompaniyalariga ichki turizm yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25% miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratish muddati 2026-yilning 1-yanvargacha uzaytiriladi.

Bundan tashqari, 2028-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonga olib kiriladigan, havo kemalariga xizmat ko‘rsatish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy ta’minot uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilinadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.