Islom
Ikki hayit orasida to‘y qilib bo‘lmaydimi?
Savol: Uylanmoqchiman. Ramazondan keyin to‘y qilmoqchi edik, ammo uyimizdagilar ikki hayit orasida to‘y qilib bo‘lmaydi, deb to‘yni Qurbon hayitidan keyinga surishmoqchi. Ularga buni noto‘g‘ri ekanini qanday tushuntirsam bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Haqiqatda bunday tushuncha, bunday e’tiqod noto‘g‘ri hisoblanadi. Ikki hayit orasida to‘y qilsak, biror musibat bo‘ladi degan o‘y bilan to‘yni kechiktirish katta xatodir. Agar bu shar’an to‘g‘ri bo‘lganida, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam eng sevimli ayollari Oysha raziyallohu anhuga Shavvol oyi (ikki hayit orasidagi oy) da uylanmas edilar. Qolaversa, Oysha onamizning o‘zlari nikohlari bu oyda bo‘lganini faxr bilan aytganlar va o‘z qarindosh ayollarining to‘yi Shavvolda bo‘lishini mustahab sanar edilar.
عن عاشئة رضي الله عنها قالت تزوَّجَني النَّبيُّ صلَّى اللَّهُ علَيهِ وسلَّمَ في شوَّالٍ وبنَى بي في شوَّالٍ، فأيُّ نسائِهِ كانَ أحظَى عندَهُ منِّي، وَكانت عائشةُ تستحبُّ أن تُدْخِلَ نساءَها في شوَّالٍ رواه مسلم
“Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Shavvol oyida meni o‘z nikohlariga oldilar, Shavvolda men bilan birga yashashni boshladilar, u Zotning qay ayollari mendan ko‘ra nasibaliroq”, – der edilar (Imom Muslim rivoyati).
Oysha onamiz nikohni shavvol oyida bo‘lishini yaxshi ko‘rishining sababi arablar johiliyat davrida aynan shu oyda uylanishni yomon ko‘rishar edi. Chunki, ular bu oyni xosiyatsiz deb shumlanishar edi. Shunga ham Oysha raziyallohu anho bu e’tiqodni odamlardan to‘laligicha o‘chirib tashlashni xohlab, Nabiy sallallohu alayhi va sallam u onamizga shu oyda uylanganini dalil qildilar. Vallohu a’lam.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi