O‘zbekiston
Olingan kreditni muddatidan oldin to‘lasam, qolgan kunlar uchun foizlarni to‘lashim shartmi?
Savol: Men bankdan iste’mol krediti olganman. To‘lov grafigi bo‘yicha men kreditni 2023-yilning iyul oyida to‘lab bo‘lishim kerak. Meni savolim, agar men 2023-yilning iyul oyini kutib o‘tirmasdan, hozir qolgan qarzdorligimni hammasini to‘lab yuborsam, iyul oyigacha bo‘lgan davr uchun ham foizlarni qo‘shib to‘lashim kerakmi yoki muddatidan oldin to‘lov qilinsa, qolgan oylarga foiz hisoblanmaydimi ?
Javob: “Iste’mol krediti to‘g‘risida” gi qonunining 16-moddasiga asosan, iste’molchi olingan iste’mol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. Bunday holda iste’molchi faqat iste’mol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlar to‘laydi deb ko‘rsatilgan.
Ya’ni, agar Siz iste’mol kreditini 3 yilga olgan bo‘lsangizu lekin kreditni 3 yil emas bir yilda hammasini to‘lab yuborsangiz qolgan 2 yil uchun Sizga foiz hisoblanmaydi. Kredit uchun foizlar faqat Siz undan foydalangan vaqtingiz uchun xisoblanadi xolos.
Masalan 3 yillik shartnoma bilan 10 000 000 so‘m kredit olgansiz, deylik. Siz uni 3 yilda foizlari bilan 13 000 000 qilib qaytarishingiz kerak. Lekin, Siz qarzni 3 yilda emas, 1 yilda to‘lab yuborsangiz, 10 000 000 so‘mni 13 000 000 so‘m qilib emas, 11 000 000 so‘m to‘lab hammasini yopib yuborishingiz mumkin.
Manba: Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi