Buxoro yangiliklari
Gʻijduvonda nima gap?
“Jamoat xavfsizligi oyligi” doirasida G‘ijduvon tumanida “qizil” toifaga kirgan “Koʻkcha” mahallasida yig‘ma otryad tashkil qilinib, firibgarlik, jinoyatchilik va o‘g‘rilik sodir etilishini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, aholi xonadonlariga bukletlar tarqatilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar qilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, hududdagi aholi xonadonlari, savdo shoxobchalari oldida videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, profilaktika inspektorlari xonalariga integratsiya qilindi.
Shuningdek, mazkur mahallada yashovchi ishsiz fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi ham tashkil qilinib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun imtiyozli kredit asosida issiqxona jihozlari, chorva mollari va tikuv mashinkalari keltirildi.
Aholi salomatligini tiklash va profilaktik maqsadida esa tibbiy koʻrik ham tashkil etildi.
YHX xodimlari tomonida yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida fuqarolar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi