Texnologiyalar

Nokia 60 yil ichida birinchi marta logotipini o‘zgartirdi

photo 13
Foto: iXBT

Loading

“Nokia” jompaniyasi vakillari bugun 60 yil ichida ilk marotaba kompaniya logotipini o‘zgartirish rejalarini e’lon qilishdi.

Yangi logotipda dizaynerlar kompaniya nomining qisqartirilgan harflaridan foydalanadilar, ular ayni paytda avvalgilariga qaraganda ingichkaroq hamdir, ranglar sxemasi ham o‘zgaradi.

“– Eski logotip kompaniyani mobil telefonlar bilan bog‘lagan. Biz endi biznes uchun texnologik kompaniyamiz”, – dedi Nokia bosh direktori Pekka Lundmark.

photo 02 5

Uning aytishicha, 2022-yilda korporativ biznes segmenti 21% ga o‘sgan va hozirda kompaniya umumiy savdosining 8% ni (~2 milliard yevro) tashkil etadi. Endilikda bu ko‘rsatkichni oshirish rejalashtirilgan.

“– Endi biz faqat ulkan salohiyatga ega bo‘lgan va yetakchi bo‘la oladigan korxonalar va sohalarga sarmoya kiritmoqchimiz”, – dedi Nokia bosh direktori Pekka Lundmark.

Kompaniya rahbari brendni qayta ishga tushirish va asosiy e’tiborni 5G tarmoqlarini rivojlantirish va sanoatni raqamlashtirishga qaratish niyatida ekanligini ham aytgan

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.