Texnologiyalar

Redmi smartfonni 300 Vt tezlikda quvvatlash texnologiyasini ko‘rsatdi

photo 22
Foto: Yahoo News

Loading

Smartfon ishlab chiqaruvchilari, ayniqsa, xitoylik taniqli brendlar yaqin yillardan beri telefonni tezkor zaryadlash poygasini o‘ynab kelishmoqda va hozirda Realme o‘zining 240 Vt tezlikdagi quvvatlash tezligi bilan peshqadamlik qilib kelayotgan edi. Biroq kuni kecha Redmi brendi (Xiaomi) 300 Vt tezlikdagi zaryadlanish texnologiyasi bilan Realme dan ancha oldinga o‘zib ketdi.

Xususan, ayni kunlarda Barselonada bo‘lib o‘tayotgan MWC 2023 tadbiri davomida Redmi o‘zining yangi zaryadlanish texnologiyasini namoyish etgan.

Yuqoridagi videoda siz Redmi Note 12 Pro+ yohud Discovery Edition 300 Vt tezlik bilan 0 dan 100 gacha atigi 5 daqiqada quvvatlanishini ko‘rishingiz mumkin. Smartfon batareyasi bu yerda 4100 mA/soat va u 43 soniyada 10%, 2 daqiqada esa 50% quvvatlandi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda yangi zaryadlash texnologiyasi aslida 300 Vt dan biroz kamroq – maksimal 290 Vt atrofida.

Hozirda Redmi ning ushbu 300 Vt quvvatlanish texnologiyasi tezligi faqat test rejimida namoyish etilgan bo‘lib, undan yangi smartfonlarda keljakda foydalanish haqida ma’lumotlar ochiqlanmagan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.