Jahon
NASA: 4 ta ulkan asteroid Yerga yaqinlashmoqda
Yaqin kunlarda Yer yonidan 4 ta yirik asteroid uchib o‘tadi. Bu haqda NASA ma’lumotlariga tayanib, “Times Now” nashri xabar bermoqda.
Olimlarning ta’kidlashicha, ular Yer aholisi uchun xavf tug‘dirmaydi, chunki ushbu asteroidlar sayyoramizdan 3 500 000 km uzoq bo‘lgan masofada o‘tib ketadi.
“NASA potentsial xavfli asteroidlar ro‘yxatiga Yerga 7 500 000 km yaqinroq masofada uchib o‘tadigan va diametri 150 metrdan ortiq bo‘lgan obyektlarni kiritadi”, – deyiladi kosmik agentlik xabarida.
Ma’lum qilinishicha, sayyoramizga yaqin kelayotgan asteroidlar orasida diametri 137 metr bo’lgan 2012 DK31 nomli asteroid ham bor, u Yerdan 4 800 000 km uzoqlikdan uchib o‘tadi. Yana bir asteroid 2006 BE55 bo‘lib, uning diametri 137 metrni tashkil etadi va sayyoramizdan 3 500 000 km masofa uzoqlikda uchadi.
NASA ma’lumotlaiga ko‘ra, 2023-yilning 3-mart kuni Yer atrofiidan yana 2 ta yirik asteroid – diametri 213 metr bo’lgan 2007 ED125 va diametri 76 metr bo’lgan 2021 QW uchib o‘tadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi