Jahon
Vladimir Zelenskiy va Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoni o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi
Baxmutdagi vaziyat sababli Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Donetsk viloyati markazi hisoblangan Baxmut shahridagi mazvjud vaziyat bo‘yicha hukumat va armiya o‘rtasida biri-biriga zid qarashlar bor. Bir necha hafta oldin Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondoni taktik sabablar tufayli chekinishni taklif qilgan. Ammo Ukraina hukumati Baxmutni ushlab turish to‘g‘ri, – deb hisoblamoqda.
“Bild” nashri bilan suhbatlashgan ukrainalik tahlilchining so‘zlariga ko‘ra, harbiylar qo‘mondon V. Zalujniy pozitsiyasini to‘g‘riligini aytishgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi Baxmut uchun janglar 2022-yil yozidan beri davom etmoqda. Joriy yilning fevral oyida prezident V. Zelenskiy Kiyev shahri uchun har qanday qurbonlik berishga tayyor ekanligini aytgan.
Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Baxmut uchun janglarni “go‘shtmaydalagich” ga o‘xshatgandi.
Ayni paytda “vagnerchilar” frontning ushbu uchastkasida asosiy hujumkor kuch bo‘lib turgani taxmin qilinadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi