Buxoro yangiliklari

Buxorolik qizlar “Milliy gvardiya bilan 1 kun” o‘tkazdilar

photo 21
Foto: Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi

Loading

Uyg‘onish faslining ilk ayyomi, mehr-oqibat va muhabbat, nafosat timsoli bo‘lgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamkorligida harbiylik kasbiga qiziquvchi bir guruh qizlarning Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasida “Milliy gvardiya bilan bir kun” shiori ostidagi harbiy vatanparvarlik, sport sog‘lomlashtirish kuni tashkil etildi.

Yosh qizlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sportga qiziqtirish, vatanni himoya qilish har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirga harbiy xizmatga ishtiyoqmand 11 nafar qizlar jalb qilindi.

photo 03 4

O‘z faoliyatlarini harbiy libos kiyish bilan boshlagan tadbir ishtirokchilari harbiy xizmatchilarning harbiy hayoti, jangovar va taktik mashg‘ulotlarini kuzatish, aqliy va jismoniy salohiyat kasb etadigan harbiylik kasbining naqadar sharafli ekanligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, o‘zlarida ham vatanparvarlik tuyg‘ulari mujassam ekanligini yashirib o‘tirishmadi.

Qizlar harbiy qismda harbiy xizmatchilar, ayniqsa ayol harbiy xizmatchi, xodimalarga yaratilgan shart-sharoitlarni zimdan kuzatishdi. Ular bilan psixologik treninglar tashkil etildi. Ayniqsa, tog‘-balandlik tayyorgarligi maydonchasida qizlarning qo‘rqmasdan yuqoridan pastga qarab arqon orqali tushishi barchani hayajonlantirdi.

Kun tartibiga muvofiq, qizlar uchun harbiy qismda tushlik tashkil etilib, harbiycha dasturxon bezatildi.

photo 02 6

Kunning ikkinchi yarmida esa Milliy gvardiya Chavandozlar maktabiga sayohat tashkil etilib, «yosh harbiylar» ushbu maskanda tashkil etilgan ot sporti to‘garagining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda ot ustida sayr qildilar.

Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasiga amalga oshirilgan tashrif doirasida esa, qo‘riqlov pultlarining vazifasi, qisqa masofaga o‘q otish tirining texnik xususiyatlari bilan tanishdilar, shuningdek ushbu maskanning sport majmuasida tashkil etilgan qo‘l jangi sport turi bo‘yicha seksiyalarning faoliyati bilan tanishdilar.

Shuningdek, “Shon-sharaf” muzeyiga ham sayohat tashkil etilib, qizlar Milliy gvardiya qo‘riqlash tizimining qadimgi davlatchilik tarixi davridan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, jamoat xavfsizligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik namunasini ko‘rsatib halok bo‘lgan fidoyi xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘tgan har bir davrning voqea-hodisalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar, soqchi, mirshablar hamda ular foydalangan qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirning so‘ngi qismida, yoshlarga tashkilotchilarning faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.