Mashhurlar

“Nahotki shu yoshimda hayotdan ko‘z yumsam, deb o‘yladim” – Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor

photo 29
Foto: Instagram (@intizor_tadjibaeva)

Loading

Marhum qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva bolalik xotiralari, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar va hayotiga kelgan sinovlar haqida “Sevimli TV” telekanalining “O‘zim” ko‘rsatuviga bergan intervyusida gapirib berdi. Bu haqda “Daryo” nashri yozmoqda.

photo 02 7

“Oilada o‘rtancha farzandman, ismimni orziqib kutilgan deb Intizor qo‘yishgan”

Esimda: qo‘shni bolalar velosiped haydaganida men ham otamga olib bering, deb turib olganman. Oyim otamga mayli olib bering, dedi, men esa uni haydashni bilmasdim. Velosipedim kichkina edi, otam erinmasdan unga o‘tirib mana shunaqa bo‘ladi, bunaqa qilib haydaysan, deb o‘rgatgan. Shu bilan velosiped haydashni o‘rganganman. Yiqilsam hech narsa qilmaydi, ustingni qoqasan, turib ketasan, deganlar. Shu odat haligacha meni tark etmagan, yiqilsam ustimni qoqib, turib ketaman. Oilada o‘rtancha farzandman, ismimni orziqib kutilgan deb Intizor qo‘yishgan.

“Har kuni onamning yig‘lashini ko‘rish menga yomon ta’sir qilardi”

Sog‘lig‘imda jiddiy muammolar bo‘ldi. Bilmagandim, shifokorlarga murojaat qilsam, ayrimlari oz umri qolgan, yana kimdir bu rol o‘ynayapti, holatdan chiqolmagani uchun boshi shunaqa og‘riyapti, kimlardir umuman bizga tegishli kasal emas dedi. Hamma har xil gapirgandan keyin ahvolim battar yomonlashdi. Dorilar yordam bermadi, bir klinikaga borib davolanganimda, professorlar yig‘ilib, bitta tashxis qo‘ydi va bu kasallikdan 1 yil davomida davolandim.

O‘zimga kela olmadim, hech kimni tanimadim, o‘sha paytda hammani “oyi” deb chaqirgan ekanman. Bir xil payt insonning xayoliga hayotim tugarmikan, degan xayol ham keladi va orqaga qarab hali hech narsa qilmaganingizni tushunib yetasiz. Har kuni onamning yig‘lashini ko‘rish menga yomon ta’sir qilardi. Bu holatdan chiqa olmay, ruhan cho‘kib qoldim, shundan keyin semirib ketdim.

Bildimki, hech narsa bir xillikda ketmaydi, muxlis bevafo. U bugun sizni eshitsa, ko‘rsa, ertaga boshqasiga e’tibor qaratadi. Charchaganimni sezmasdim, menga ishonmagan insonlarga isbotlashim kerak bo‘lgan narsalar borligi uchun harakat qilgandirman. Hech qachon insonlarning gap-so‘zi bilan ish tutmaganman. Shijoatim qaysidir vaqt so‘ndi, orqaga chekinishni boshladim.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.