Mashhurlar
Mittivine – Farhod Mannopov vafot etgan klinika faoliyati to‘xtatildi
Joriy yil 5-mart kuni vafot etgan mashhur vayner o‘limi bo‘yicha dastlabki o‘rganish natijasi ochiqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Jaloliddin Asomiddinovning ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan laborator tahlillar va MSKT tekshiruvlaridan so‘ng unda burun to‘sig‘ining qiyshayishi, gaymor bo‘liqlari giperplaziyasi, o‘rta va pastki burun chig‘anoqlari giperplaziyasi aniqlangan.
Shundan so‘ng bemorning roziligi bilan unda tegishli jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Fuqaroga rinoseptoplastika amaliyoti uchun endotraxeal narkoz berilgan. Biroq operatsiya davrida marhumning ahvoli to‘satdan yomonlashgan. Olib borilgan intensiv va reanimatsion davo choralariga qaramasdan 5-mart kuni soat 03:22 lar chamasi unda biologik o‘lim qayd etilgan.
“Ayni paytda tekshiruvlar olib borilayotgani sababli “Star Med Center” klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tegishli organlar bilan birgalikda fuqaro Farhod Mannopov vafoti yuzasidan belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib bormoqda”, – deydi SSV xodimi Jaloliddin Asomiddinov.
Eslatib o‘tamiz, MittiVine taxallusi bilan ijod qilgan, Instagram da 1,2 millionlik auditoriyaga ega bo‘lgan Farhod Mannopov bir necha kun avval cho‘milayotganda boshini basseyn devoriga qattiq urib olib, burni singan, shundan so‘ng operatsiya stoliga yotgan vayner komaga tushib qolib, vafot etgandi.
Shundan so‘ng, 6-mart kuni vaynerning vafoti yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) tegishli bandlari bilan jinoyat ishi ochilgani ma’lum qilingan edi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi