Islom

Taroveh namozi haqida bilgan va bilmaganlarimiz

photo 48
Foto: Tohir Istatov

Loading

Arab tilidagi “taroveh” so‘zi lug‘atda “dam olish; rohatlanish” ma’nolarini bildiradi.

Ramazon oyida ado etiladigan 20 rak’atli namozning har 4 rak’atini o‘qigach, bir oz dam olingani uchun shunday nom berilgan. Uning vaqti Ramazon oyida xufton namozidan keyin kirib, bomdod vaqti kirgunicha davom etadi.

Taroveh namozi ta’kidlangan sunnatlardandir. Jamoat bo‘lib o‘qish esa mahalla kishilari uchun kifoya sunnat hisoblanadi. Ya’ni ayrimlar jamoat bo‘lib tarovehni o‘qishsa, qolganlardan jamoat bo‘lib o‘qish sunnati soqit bo‘ladi. Ammo bir mahallada hech kim jamoat bo‘lmasa, shu mahalladagi hamma odam sunnatni tark qilgan hisoblanadi.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ ﷺ يُرَغِّبُ فِي قِيَامِ رَمَضَانَ مِنْ غَيْرِ أَنْ يَأْمُرَهُمْ فِيهِ بِعَزِيمَةٍ، فَيَقُولُ: «مَنْ قَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ». فَتُوُفِّيَ رَسُولُ اللهِ ﷺ وَالْأَمْرُ عَلَى ذَلِكَ، ثُمَّ كَانَ الْأَمْرُ عَلَى كَذَلِكَ فِي خِلَافَةِ أَبِي بَكْرٍ وَصَدْرًا مِنْ خِلَافَةِ عُمَرَ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَأبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ramazon kechalarini ibodat bilan bedor o‘tkazishga targ‘ib qilar, ammo qat’iy buyruq bermas edilar. U zot: “Kim Ramazonda iymon bilan, savob umidida qoim bo‘lsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur”, – der edilar. Ish shundayligida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etib ketdilar. So‘ngra Abu Bakrning xalifaligida va Umarning xalifaligi boshida ham ish shunday edi” (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilishgan).

Ochiq-oydin ko‘rinib turibdiki, Ramazon oyi kechalari ibodat qilish juda ham fazilatli ish. Gunohlarning mag‘firat bo‘lishi ham shu ish tufayli bo‘ladi. Ammo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu ishga targ‘ib qilish bilan birga, ma’lum bir ibodatga qat’iyan amr qilmaganlar, balki umumiy targ‘ib qilish bilan kifoyalanganlar. Xuddi shu holat Abu Bakr roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida ham davom etgan. Kishilarga Ramazon kechalarida ma’lum ibodatni tayin qilmaslik Umar roziyallohu anhuning dastlabki xalifalik yillarida ham davom etgan.

Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh.
Foydalanilgan adbiyot: “Mo‘minning qalqoni” kitobi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.