Buxoro yangiliklari

Bugun, 30-mart kuni Buxoroga AQSh ning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik tashrif buyurdi

photo 70
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

Bugun, 30-mart kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan yaqindan tanishish hamda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama etish uchun Buxoroga tashrif buyurgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uchrashuv davomida viloyat hokimi Botir Zaripov O‘zbekiston – AQSh davlatlari o‘rtasidagi ko‘pqirrali hamkorlik aloqalari strategik ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va sheriklik munosabatlari mustahkam poydevorga ega ekanligini, O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligi tomonlarning uzoq muddatli manfaatlariga to‘la mosligini aytib o‘tdi. Do‘stona sherikchilik munosabatlari istiqbolda yangi hamkorlik imkoniyat eshigini ochishini ta’minlab, elchini viloyatimizga tashrif buyurgani bilan qutladi.

O‘z navbatida elchi Buxoro viloyatiga tashrif buyurganidan mamnunligini bildirib, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston Respublikasini yanada taraqqiy ettirish va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi.

photo 02 14

Shuningdek, viloyat hokimi keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtaldi.

O‘zaro suhbat chog‘ida elchi Buxoroning tarixiy obidalari, tabiati, odamlari haqida yaxshi fikrlar bildirdi, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida do‘stona aloqalar kuchayib borayotganiga urg‘u berdi, Buxoroning iqtisodiy jihatdan o‘sishi, rivojlanish rejalari, bunda AQSHning qanday hissasi bo‘lishi mumkinligiga qiziqdi.

Shundan kelib chiqib, viloyat hokimi Buxoroning iqtisodiy-ijtimoiy, jug‘rofiy imkoniyatlari hamda o‘ziga xos investitsiyaviy xususiyatlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Shunga ko‘ra, elchi Buxoro viloyati bilan savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, ta’lim va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, Buxoro shahrida ingliz tilini o‘rganish, ushbu tildagi o‘quv va madaniy materiallardan foydalanish, AQSh da ta’lim bo‘yicha maslahat olish imkoniyatini beruvchi “Amerika burchagi”ni ochish yuzasidan takliflarini bayon etdi. AQSH elchisining takliflari qo‘llab-quvvatlandi.

Uchrashuv yakunida Jonatan Xenik ommaviy axborot vositalari uchun intervyu berdi.

AQSh ning O‘zbekistondagi elchixonasi delegatsiyasining Buxoro viloyatiga 3 kunlik safari davomida Buxoro davlat universiteti, “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi, Kogon tumanida joylashgan issiqxonalar, Buxoro shahridagi zardo‘zlik markazi, shuningdek, qator tarixiy qadamjolar va turizm obyektlariga tashrifi ko‘zda tutilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.