Salomatlik
Tezroq vazn kamaytirishga yordam beradigan 7 ta tonggi odat
Tezroq vazn yo‘qotish uchun qanday maslahatlarga amal qilish kerakligini bilmayapsizmi? Vazn yo‘qotishning turli usullarini sinab ko‘rish salomatlik uchun xavfli. Kimdir ovqatlanish miqdorini kamaytirishga harakat qilmoqda, boshqalari ovqatni kunduzgi soatlarda qat’iy ravishda iste’mol qilmaslikni afzal ko‘radi, uchinchisi esa o‘zlarini ma’lum mahsulotlar bilan cheklaydi.
Ammo nozik qomatning siri kunning birinchi, ertalabki soatlarida bo‘lsa-chi? Quyida vazn kamaytirishga yordam beradigan tonggi odatlarni sanab o‘tamiz.
Nonushtani o‘tkazib yubormang
Nonushta ma’lum sababga ko‘ra kunning eng muhim taomi deb ataladi. Nonushtani o‘tkazib yuborish va ishga shoshilish, kunning o‘zida shirinlik iste’mol qilish vasvasasiga tushish ehtimolini oshiradi. To‘yimli tonggi ovqat nafaqat organizmdagi glyukoza zahiralarini to‘ldirish orqali energiya darajasini oshiradi, balki kerakli vaznni saqlab qolishga yordam beradi, chunki u tungi ochlik davrini to‘xtatadi. Ma’lumotlariga ko‘ra, ertalab nonushta qilish uchun vaqt ajratish vaznni yaxshiroq nazorat qilish, ikkinchi toifa qandli diabet va yurak kasalliklari xavfini kamaytirishga olib keladi.
Nonushta uchun foydali mahsulotlar iste’mol qiling
Mutaxassislar o‘z vaznini barqarorlashtirishni xohlaydiganlarga nonushtaga donli mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Buning uchun, albatta, shakarsiz mahsulotlarni tanlash kerak. Shuningdek, meva, yong‘oq va tabiiy yog‘li yogurt haqli ravishda organizm uchun zarur bo‘lgan barcha moddalarning ajoyib manbai hisoblanadi. Parhezshunoslar kam yog‘li sut mahsulotlaridan voz kechishni tavsiya qiladi. Yana nonushta uchun eng foydali mahsulot tuxumdir. U salat, pishirilgan loviya, sabzavotlar, avokado va ismaloq bilan birga iste’mol qilinishi kerak. Yuqori oqsilli nonushta iste’mol qilish organizmdagi ochlik gormoni — grelin darajasini pasaytiradi.
Ertalab suv iching
Bu ko‘pincha vazn yo‘qotishning minimal usuli deb ataladi. Bir stakan suv ichish energiya sarfini yoki organizm tomonidan kamida 60 daqiqa davomida sarflangan kaloriyalar soni bilan izohlanadi. Qisqacha qilib aytganda, tongni bir yoki ikki stakan suv bilan boshlash — bu vazn yo‘qotishni tezlashtirishning oson yo‘li.
Erta uyg‘oning va nonushta tayyorlang
Odatdagidan bor-yo‘g‘i bir soat erta uyg‘onish orqali nafaqat foydali nonushta, balki ishga olib ketish mumkin bo‘lgan tushlik ham tayyorlashga vaqt yetadi. Tushlikni buyurtma qilish juda oson bo‘lsa-da, uyda tayyorlangani iste’mol qiladigan kaloriyalarni osongina kuzatib borishini va ortiqcha miqdorini kamaytirishini ta’minlaydi. Umuman olganda, erta uyg‘onish o‘z navbatida sog‘lom odatlarni va to‘g‘ri qaror qabul qilishni rag‘batlantiradi.
Ishga boradigan yo‘lda biroz sayr qiling
Jismoniy tayyorgarlikni saqlash nuqtai nazaridan, hatto jamoat transportida sayohat qilish ham mashina haydashdan ko‘ra foydaliroqdir. Piyoda yoki velosipedda yurish haqida nima deyish mumkin? Buyuk Britaniya Milliy Tibbiyot Kutubxonasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot 822 nafar ishtirokchini to‘rt yil davomida kuzatdi va ish joyiga mashinada kelganlarda, odatda, haydamaganlarga qaraganda ko‘proq vazn ortishi aniqlandi. Demak, maslahat oddiy: hatto sovuq mavsumda ham ishlash uchun yo‘l bo‘ylab harakatlanish lozim, hech bo‘lmaganda yo‘lning bir qismini piyoda yurish zarur. Olimlarning ta’kidlashicha, faqat faol rejim va erta uyg‘onish yomon ob-havoda salomatlik bilan bog‘liq muammolarni yengishga yordam beradi.
Ko‘proq quyoshga chiqing
Quyosh nurida sayr qilish ham D vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni qondirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, D vitamini ehtiyojlarini qondirish vazn yo‘qotishga yordam beradi va hatto vazn ortishining oldini oladi.
Ishga piyoda bormasangiz, mashq qiling
Agar ishga piyoda bora olmasangiz, ertalab mashq qilishga vaqt ajrating. Bu kunni boshlash, energiya olish va kaloriyalarni sarflashning ajoyib usuli. Kunning turli vaqtlarida vazn yo‘qotish uchun sportning samaradorligi haqida turli xil qarashlar mavjud, ammo ertalabki mashg‘ulotlarning samarasiga ishonadigan shaxsiy murabbiy Bredli Simmonds shunday dedi: “Men har doim ertalab mashq qilishni maslahat beraman. Bu organizm uchun eng yaxshisi hisoblanadi. Agar ertalab mashq qila olsangiz, bu kunni boshlashning eng yaxshi usuli”. Ertalabki mashqlarning afzalliklaridan biri shundaki, u qonda shakarni kun davomida barqaror ushlab turadi, ortiqcha ochlikni kamaytiradi.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi