Buxoro yangiliklari

«Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi» peshko‘liklar uchun ochildi

90d4f491dca981b99466a

Loading

Navro‘z shodiyonasi arafasida Peshko‘ tumanida ham alohida toifadagi, boquvchisini yo‘qotgan, voyaga yetmagan farzandlari bilan birga qiyin sharoitda yashayotganlar uchun “Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi” foydalanishga topshirilgani ham fikrimizga dalil.

607f4939a69ecb87cc7de

Kecha, 19-mart kuni jamoatchilik vakillari, oilalar bilan gavjum bo‘lgan “Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi” ning ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov ham ishtirok etdi.

— Tuman aholisining bugun 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qatlami orasida xotin-qizlar 29 mingga yaqinlashib qolgan bo‘lishsa, ularning bevosita turli muammolar girdobida qolgan va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj 1 ming 776 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan, – deydi Peshko‘ tumani Mahalla va oilani qo‘lab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muxlisa Jabborova. — Afsuski, ularning 1 ming 178 nafari o‘z tayinli kasb-koriga, daromadiga ega bo‘lmaganlar. Alohida toifalangan ayollarnig 31 nafari esa boquvchisini yo‘qotgan yoki yolg‘iz boshi bilan uch-to‘rt nafar bolasini og‘ir sharoitda voyaga yetkazayotganlar. Xuddi shunday, norasida farzandlari bilan turmushidan ajralib, duch kelgan joyda umrguzaronlik qilib kelayotgan boshpanasizlarimiz muammolarini yechishga viloyatimiz hokimligi ko‘magida alohida rag‘bat ko‘rsatilayotgani bois bugun qayta qurib, foydalanishga topshirilgan “Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi”ga shu toifadagi 16 nafar ayollarimizni norasida farzandlari bilan joylashtirishga muvaffaq bo‘lib turibmiz.

429785b56c4a2c377ad30

Inshoot xususida to‘xtalsak, bu tuman markazidagi “Yangibozor” MFY Ibn Sino ko‘chasida joylashgan, avvalgi 4-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining yotoqxona binosi bo‘lib, mahalliy tadbirkorlardan Jamshid Ismoilov boshchiligidagi qurilish-pudrat korxonasi––“Buxoroi sharif nafis bahori” MChJ tomonidan zamonaviy shinam boshpana sifatida qayta chiroy ochdi. Undagi mukammal ta’mirlash ishlariga 430 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Xonalar va yo‘laklarning barcha eshik va derazalari almashtirildi. Isitish tizimi ham to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy moslamalar o‘rnatildi. Xonalar yangi jihozlar bilan ta’minlandi. Yong‘in xavfsizligi talablari ham belgilangan me’yor darajasiga keltirildi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.