Islom

Hayit namozi qanday o‘qiladi?

photo 49
Foto: Pngfreepic

Loading

  • Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi.
  • Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi.
  • Takbir aytilganidan so‘ng, qo‘lni qovushtirib turib, har kim ichida sano duosini o‘qiydi. So‘ngra imom qo‘llarini quloqlariga ko‘tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanib, qiyom holida turiladi.
  • Imom ichida “A’uzu” ni va “Bismillah” ni aytib, ovoz chiqarib “Fotiha” surasini va zam surani o‘qiydi. Takbir aytib ruku va sajda ado etiladi.
  • Shundan so‘ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom “Fotiha” surasi bilan zam sura o‘qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi.
  • To‘rtinchi takbirda qo‘l ko‘tarmasdan imom orqasidan ruku va sajda ado qilinadi.
  • Sajdadan so‘ngra “Attahiyyot”, “Salovat” va “Duo” o‘qilib, salom berilib, namoz tugatiladi.

Alloh ibodatlaringizni o‘z dargohida qabul etsin!

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.